“Migrant” mobil ilovasi 10 ming martadan ortiq yuklab olindi

“Migrant” mobil ilovasi 10 ming martadan ortiq yuklab olindi

“Migrant” mobil ilovasi Rossiyada mehnat qilayotgan yoki ishlashni rejalashtirayotgan mehnat muhojirlariga  rus, o‘zbek va tojik  tillarida  xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi  paytda dasturdan  foydalanuvchilar  uchun  Rossiyaga kirish taqiqi bor-yo‘qligini  aniqlash hamda patent va ishga ruxsatnomaning haqiqiy ekanligini tekshirish imkoniyati bor. Shu kungacha dasturdan foydalanayotganlar soni 10 mingdan oshib ketdi.

Dastur  mehnat  muhojirlari  uchun  yagona va sodda  interfeys orqali  ijro  hokimiyatiga  qarashli  turli  organlar  ko‘rsatayotgan xizmatlardan  foydalanishga imkon beradi.

“Hozirgi kunda dasturning atigi ikki funksiyasi mavjud. Lekin bu dastlabki versiya va ayni paytda keyingi versiya ustida qizgin ish ketmoqda”,- deydi  “LeksMobayl” yuridik firmasi rahbari Botirjon Shermatov.  Uning aytishicha, dasturga foydalanuvchilar  ehtiyoj  va  talablaridan kelib chiqqan holda ko‘pgina foydali va qiziqarli  qo‘shimchalar  kiritish rejalashtirilgan.  Jumladan,

  • federal soliq xizmati  saytiga kirmasdan patent  uchun  to‘lov kvitansiyasini shakllashtirish;
  • to‘lov o‘tkazish;
  • shaxsiy INNni aniqlash va boshqa ishlarni  amalga  oshirish;
  • dasturga “eslatish” funksiyasi kiritilgach, u muhojirni  qachon  patent  uchun to‘lov  o‘tkazishi lozimligi, registratsiya  muddati  qachon  tugashi va  mamlakatni  tark  etishi  zarurligi  haqida  o‘z  vaqtida ogohlantirib  boradi.

Mobil ilova Android va IOS operatsion tizimlarida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!