Millioner-dasturchilar soni bo‘yicha kim ustun: App Store yoki Google Play?

Millioner-dasturchilar soni bo‘yicha kim ustun: App Store yoki Google Play?

Jahon miqyosida foydalanuvchilari va yuklab olinayotgan ilovalari soni bo‘yicha Google Play oldinda bo‘lsa ham, daromad topishda hozircha App Store’dan orqada.

2016 yilda App Store onlayn ilovalar do‘koni uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi 66 ta amerikalik kompaniya e’lon qilgan ilovalaridan ishlab topgan mablag‘i 1 million dollardan oshgan. Google Play onlayn-do‘konida esa 39 ta kompaniya 1 yilda million dollardan ziyod daromad topgan. Ya’ni, raqibi bilan solishtirganda, farq deyarli 2 barobar.

Bu to‘g‘rida ma’lum qilgan Sensor Tower tahlil-tadqiqot kompaniyasiga ko‘ra, 2016 yilda amerikalik App Store’ning 2015 yilda 34 ta kompaniyasi million dollardan oshiq mablag‘ topgan bo‘lsa, 2016 yilda ularning soni 66 taga yetgan.

Google Play’da esa 2015 yilda million dollar ishlab topgan kompaniyalar soni 14 ta bo‘lgan. Yil davomida o‘sish Google Play’da 2.7 barobarni tashkil qiladi. Bu borada u raqibidan oldinda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.