Millionlab insonlar kutgan Mi Band 3 taqdim qilindi

Millionlab insonlar kutgan Mi Band 3 taqdim qilindi

Xiaomi Mi Band 3 taqdimotini jahon miqyosida millionlab insonlar ishtiyoq bilan kutayotgan edilar. Va nihoyat, kutilgan lahzalar keldi. Xitoyda o‘tkazilgan bugungi taqdimotda flagman va bir qator gadjetlar bilan birga, Xiaomi Mi Band 3 fitnes-brasleti ham taqdim qilindi.

Mazkur ilg‘or "aqlli braslet" o‘zidagi NFC moduli hamda IP68 standarti asosida sang va suvdan himoya qilingani bilan o‘ziga xosdir. Shu bilan birga, devays yordamida qo‘ng‘iroqlarni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun uni smartfonga ulash kifoya.

Xiaomi Mi Band 3 fitnes-trekeri orqali xabarlarni ham qabul qilish imkoni mavjud. Uning displeyi sensorli.

Xiaomi Mi Band 3 sport brasletida 0,78 dyuymli, monoxrom, ya’ni oq-qora OLED matritsali ekran o‘rnatilgan. Bu ekran sensor boshqaruvi tizimi bilan ta’minlangan. Uning quyi qismidagi tugmacha orqali turli amallarni bajarish bo‘yicha buyruq berish mumkin. Misol uchun, bu klavish yordamida qo‘ng‘iroqlarga javob berish mumkin. Displeyda har xil xabar va ma’lumotlar aks etib turadi.

Xiaomi Mi Band 3 brasletining korpusi IP68 standarti bo‘yicha suv hamda changdan himoya qilingani u bilan birga 50 metrgacha bo‘lgan chuqur suv ostiga tushish imkonini beradi. Devaysdagi maxsus rejim esa uning orqali suzish havzasida mashqlar qilish imkonini beradi.

Quvonarli tomoni, Xiaomi Mi Band 3 NFC moduliga ega bo‘ldi. "Aqlli braslet"'dagi NFC moduli gadjetning yordamida elektron to‘lovlarni qisqa masofada turib to‘lash imkonini beradi. Misol uchun, do‘kon, jamoat transporti va boshqa joylarda to‘lovni smartfonni qo‘lga olmasdan turib, bilakdagi gadjet yordamida to‘lash imkoni tug‘ildi. Hozircha bu tizim Xitoy uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi Xiaomi Mi Band 3 devaysiga ilg‘or sensor hamda datchiklarni o‘rnatgan bo‘lib, natijada elektron trekerning foydalanuvchi holati va harakatini qayd etish aniqligi oshgan. Misol uchun, devays endi tomir urishini, foydalanuvchi bosib o‘tgan masofani yanada aniqroq hisoblaydi.

O‘qing: Mi 8 SE -- arzon flagmanning yurtimizda kutilayotgan narxi

Xiaomi kompaniyasining so‘zlariga ko‘ra, yangi fitnes-brasletni bir marta to‘liq quvvatlab, undan 20 kun foydalanish mumkin. Agar ovozli aloqa xizmatlaridan foydalaniladigan bo‘lsa, shu bilan birga foydalanuvchi NFC chipdan ham faol foydalanadigan bo‘lsa, Xiaomi Mi Band 3 devaysi ko‘proq quvvat sarf qiladi.

Xiaomi Mi Band 3 fitnes-brasletini iyunning boshidan boshlab xarid qilish mumkin. Biroq, avvaliga mazkur sport brasletining oddiy talqini sotuvga chiqariladi. Bu talqin 26 AQSh dollariga narxlangan. Uning yagona farqi NFC modulining yo‘qligidir. Mazkur modul trekerning maxsus talqiniga o‘rnatiladi. Bu talqin esa keyinroq sotuvga chiqariladi. Maxsus talqinning narxi o‘rtacha 30 AQSh dollarini tashkil qilishi kutilmoqda.

O‘qing: Mi8 kamerasida olingan rasmiy suratlar