Millionlar kutayotgan Nokia 5.1 Plus umidni puchga chiqaradi

Millionlar kutayotgan Nokia 5.1 Plus umidni puchga chiqaradi

Nokia X6 smartfonining Xitoydagi muvaffaqiyatidan ilhom olgan Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi mazkur modelning xalqaro talqinini ham tayyorlashga qaror qilgan edi. "Nokia 5.1 Plus" deb nomlanuvchi mazkur talqin ko‘pchilikni xafa qiladigan ko‘rinadi.

2018 yilning 17 iyunida 3C sertifikatlashtirish resursida mazkur smartfon ro‘yxatdan o‘tdi. Unda smartfonga xos ayrim jihatlar e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotlar bazasida keltirilishicha, Nokia X6 hamda Nokia 5.1 Plus – bular bir xil smartfonlar emas ekan. HMD Global ikkinchi devaysga "TA-1109" model raqamini bergan va bu devays MediaTek kompaniyasining protsessoriga ega bo‘ladi. Ha! Bu millionlarning umidini puchga chiqaradi.

Nokia X6 modeli ayni paytda Xitoyda uch talqinda sotilmoqda: boshlang‘ich modifikatsiya 200 AQSh dollari, eng yuqori talqin esa – 265 AQSh dollaridan sotilmoqda. Nokia X6 devaysi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessoriga ega bo‘lgan. Uning tezkor xotirasi 4/6 gigabaytli, doimiy xotira uchun 32 yoki 64 gigabaytli flesh-karta o‘rnatilgan. Ma’lumot hajmi ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, microSD orqali xotirani kattalashtirish mumkin. Buning uchun SIM karta bo‘lmachalaridan birini "fido qilish" kerak bo‘ladi.

Millionlab xaridorlar kutayotgan Nokia 5.1 Plus smartfoni ko‘rinishidan premium-dizaynli hamda uning ko‘rinishini iPhone X uslubida ishlangan. Qo‘sh sensorli bosh kamera faoliyati esa tayvanlik MediaTek korporatsiyasining chipsetiga bog‘liq. Hozircha devaysga qaysi modeldagi chipning o‘rnatilishi ma’lum qilinmagan. Aksariyat foydalanuvchilar esa bu brendning chiplari o‘rnatilgan smartfon xarid qilishdan tiyiladilar.

Ehtimol, gadjet yaqinda taqdim qilingan Helio P22 protsessoriga ega bo‘lar. Ushbu chipset joriy yilning may oyida taqdim qilingan edi. O‘rta imkoniyatli mobil qurilmalarga mo‘ljallangan chipsetga 8 ta Cortex-A53 yadrolari o‘rnatilgan. Ma’lumotlarni 12 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan mazkur protsessorning chastota intervali 2.0 Ggs. Ya’ni, uning imkoniyatlari bizga yaxshi tanish Snapdragon 625 hamda Kirin 659 kabi raqiblariniki bilan bir xil.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, avvallari arzon smartfonlarda 28 nanometrli protsessorlardan foydalanilar edi. Yangi hamyonboplar esa 12 nanometrli chipga ega bo‘lishgan. Natijada, ularning samarali ishlashi 48% ga oshgan.

O‘qing: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

Shu vaqtga qadar ma’lum xabarlarga ko‘ra, Nokia 5.1 Plus smartfoni 5,7 dyuymli, IPS matritsali hamda Full HD+ sig‘imli ekran bilan ta’minlanadi. Unda zamonaviy USB Type-C porti, shuningdek 12 megapikselli qo‘sh sensorlardan iborat bosh kamera o‘rnatiladi.

Devaysning shishadan ishlangan korpus o‘lchamlari: 149,5 × 71,9 × 8 mm.

Yana bir yaxshi jihatlar qatorida uning Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlashi, Google kompaniyasidan dasturiy yangilanishlarni muntazam olib turishi aytilmoqda.