«Mirzo Ulugbek Innovation Center» markazi tugatilmoqda

  •   DiMaX
  •  844
  •  07.12.2019 23:13

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» markazi tugatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi qaroriga muvofiq, IT sohani takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va umuman IT mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatilmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, markazning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga o‘tmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu qadam O‘zbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga ko‘taradi.

O‘QING: IT-Park startapi Shveysariyada 500 000 dollarlik investitsiya uchun kurashadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!