MIUI 13.5 emas, MIUI 14!

MIUI 13.5 emas, MIUI 14!

Google o'zining Android 13 operatsion tizimi barqaror versiyasini keyingi oyda chiqarishga tayyorlanyapti, shu bilan birgalikda, unga asoslangan Samsung'ning One UI, Xiaomi'ning esa MIUI qobiqlari ham birin-ketin chiqarilishi kutilmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi, Samsung, o'zining Galaxy'lari uchun One UI 5.0 yangilanishini allaqachon test qilishni boshlab yuborgan. Xiaomi'ga kelsak, u yaqinda MIUI 13 davomchisi, MIUI 13.5 ni chiqarishi mish-mish qilinayotgan edi, lekin endigi xabarlarga ko'ra, kompaniya Android 13 ga asoslangan to'liq versiya, MIUI 14 ustida ishlamoqda.

Foto: Xiaomiui

MIUI 14 haqidagi ilk ma'lumotlar Xiaomiui.net tomonidan ayrim tizim ilovalarini dekompilyatsiya qilinganidan keyin ularning kod bazalari ichidan topilgan bo'lib, u "nuwa" va "fuxi" kod nomli smartfonlar, katta ehtimol bilan Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlarida sinovdan o'tkazilmoqda. Xiaomi yangi MIUI versiyasini kelayotgan avgust oyining 16-sanasida (MIUI qobig'ining eng birinchi versiyasi chiqarilganiga 12 yil bo'ladigan kunda) e'lon qilishi mumkin, uning chiqarilishi esa noyabr-dekabr oylariga, xitoylik kompaniya o'zining yangi avlod smartfonlarini taqdim qiladigan vaqtga to'g'ri keladi.

O'QING: Eng tez zaryadlanadigan smartfonlar top o‘ntaligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.