MIUI 14 tarqatilishining ikkinchi to'lqinida qaysi smartfonlar yangilanishi ma'lum bo'ldi

MIUI 14 tarqatilishining ikkinchi to'lqinida qaysi smartfonlar yangilanishi ma'lum bo'ldi

O'tgan yilning dekabr oyida Xiaomi 13 smartfonlari bilan MIUI 14 versiyasi chiqarildi. O'shanda kompaniya yangilanishni qabul qiladigan smartfonlarning faqat birinchi to'plamini e'lon qilgan edi. Endi esa kompaniya yangilanishni ikkinchi to'lqini tarqatishga tayyorlanmqoda.

Xiaomi Community'da paydo bo'lgan postga ko'ra, MIUI 14 yangilanishini qabul qiladigan smartfonlarning ikkinchi to'plami quyidagi modellarni o'z ichiga oladi:

  • Xiaomi MIX 4
  • Xiaomi 12X
  • Xiaomi 11 Ultra
  • Xiaomi 11 Pro
  • Xiaomi 11
  • Xiaomi 11 Youth Vitality Edition
  • Xiaomi 11 Youth Edition
  • Xiaomi 10S
  • Xiaomi Civi 1S
  • Xiaomi Civi 2
  • Redmi K40 Pro
  • Redmi K40S
  • Redmi K40
  • Redmi Note 12 Pro
  • Redmi Note 12 Pro+
  • Redmi Note 12
  • Redmi Note 12 Explorer Edition
  • Redmi Note 12 Trendy Edition
  • Redmi Note 11T Pro
  • Redmi Note 11T Pro+
  • Redmi Note 11E
  • Redmi K40 Gaming Enhanced Edition
  • Redmi Note 10 Pro
  • Redmi Note 11 Pro
  • Redmi Note 11 Pro+

Ma'lum bo'lishicha, yangilanishni tarqatish joriy yilning mart oyi oxirlarida boshlanadi. Shuni aytish kerakki, ro'yxat Xitoy uchun mo'ljallangan, boshqa hududlar uchun emas. Biroq, xalqaro maydondagi smartfonlar egalari uchun yangi versiyasi chiqarilishi Xitoyda uni tarqatish tugaganidan bir necha kun o'tib boshlanishi mumkin. Hozirda quyidagi smartfonlar uchun MIUI 14 yangilanishi tarqalishi kutilmoqda:

  • Xiaomi Mix Fold 2
  • Xiaomi 12S Ultra
  • Xiaomi 12S Pro
  • Xiaomi 12S 
  • Xiaomi 12S Dimensity Edition
  • Xiaomi 12 Pro
  • Xiaomi 12
  • Redmi K50 Extreme Edition
  • Redmi K50 Gaming Edition
  • Redmi K50 Pro
  • Redmi K50

O'QING: Xiaomi yangi Poco X5 seriyasini taqdim etishga yaqin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!