MIUI 9’gacha yangilanadigan 40ta Xiaomi bitta ro‘yxatda!

  •   DiMaX
  •  1859
  •  18.01.2018 13:04

MIUI 9’gacha yangilanadigan 40ta Xiaomi bitta ro‘yxatda!

O‘tgan yilning oxirida Xiaomi korporatsiyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI 9 operatsion tizim qobig‘ini taqdim etgan edi. O‘shandan buyon o‘ttizta rusumdagi gadjetga mazkur yangilanish joriy etilgan bo‘lsa, kecha ishlab chiqaruvchi yana o‘nta modeldagi devayslarini MIUI 9’gacha yangilashini ma’lum qildi. Demak, «xitoycha Apple»ning jami qirqta rusumdagi smartfon va plansheti egalari endi zamonaviy va tezkor MIUI 9 proshivkasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

Xullas, Xiaomi’ning quyidagi modellarga mansub qurilmalari proshivkasini MIUI 9 talqinigacha yangilash imkoni bo‘ladi:

  1. Mi 2
  2. Mi 2S
  3. Mi 3
  4. Mi 4
  5. Mi 4s
  6. Mi 4C
  7. Mi 5
  8. Mi 5C
  9. Mi 5s
  10. Mi 5s Plus
  11. Mi 5X
  12. Mi 6
  13. Mi Note
  14. Mi Note 2
  15. Mi Note 3
  16. Mi Max
  17. Mi Max 2
  18. Mi MIX
  19. Mi MIX 2
  20. Redmi 1S
  21. Redmi 2
  22. Redmi 2A
  23. Redmi 3S
  24. Redmi 3X
  25. Redmi 4X
  26. Redmi 4A
  27. Redmi 4 High Version
  28. Redmi 5
  29. Redmi 5A
  30. Redmi 5 Plus
  31. Redmi Note
  32. Redmi Note 2
  33. Redmi Note 3
  34. Redmi Note 4
  35. Redmi Note 4X
  36. Redmi Note 5A
  37. Redmi Pro
  38. Mi Pad
  39. Mi Pad 2
  40. Mi Pad 3

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Negadir Xiaomi ushbu ro‘yxatiga eng ommabop ikkita smartfon – Redmi 4 Standard Edition hamda Redmi 3 modellarini kiritmagan. Holbuki, bu ikkala devays ham texnik ta’minoti jihatidan MIUI 9 bilan to‘la muvofiq keladi. Aftidan, korporatsiya shunchaki ularni ro‘yxatga kiritishni esdan chiqargan, chunki bu ikkalasidan oldingi modellar ham ro‘yxatda bor-ku. Nima bo‘lganda ham, bunga yaqin orada aniqlik kiritiladi.

Aytish kerakki, yangi proshivkani mazkur qurilmalarga «havo orqali» qachon o‘rnatish mumkin bo‘lishi borasida Xiaomi ma’lumot bermagan. Taxminlarga ko‘ra, yangilanishlar yaqin bir necha haftada yuboriladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini qulay narxlarda xarid qiling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!