MIUI 9 taqdim qilindi: Xiaomi'dan 3 innovatsion jihat

MIUI 9 taqdim qilindi: Xiaomi'dan 3 innovatsion jihat

Xiaomi kompaniyasi 26 iyulda yangi avlod MIUI 9 mobil platformasini taqdim qildi. Shu kuni namoyishi bo‘lib o‘tgan Mi 5X smartfoni MIUI 9 operatsion tizimi bilan ishlab chiqariladigan ilk smartfon bo‘ldi. Syaomining ma’lum qilishicha ayni paytda MIUI operatsion tizimi 142 mamlakatda 55 tilda so‘zlashuvchi 2,8 milliard nafar faol foydalanuvchiga ega.


Kutilganidek, yangi MIUI 9 proshivkasi Android Nougat 7.0'ning o‘zlashtirilgan talqini bo‘ldi.

Xiaomi yangi tizim ustida sezilarli ter to‘kkan. Ma’lumot oqimini rejalashtirish va protsessordagi yuklab olishlarni "aqlli taqsimlash" mexanizmining optimallashuvi natijasida bu tizim smartfonga yanada tezkor ishlash imkonini beradi.  

MIUI'ning yangi avlodi xotirani avtomatik ravishda tozalaydi va keshni boshqaradi, fragmentatsiyaga qarshi real vaqt rejimida kurashadi, shuningdek unda axborotni himoyalash, simsiz ulanish texnologiyasi mustahkamlangan.

MIUI 9'ga xos 3 ta o‘ziga xos yangi jihatni qayd etish mumkin:

1. Smart Assistant virtual "aqlli yordamchisi" (hozircha Xitoyda, tez orada xalqaro talqini ham e’lon qilinadi). Uning yordamida smartfonda zarur fayllarni, qaydlarni, surat va matnni izlash mumkin. Uni Google Assistant'ning muqobili deyish mumkin. Kompaniya kelajakda bu tizimni rivojlantiradi.

2. Fotosuratlarni kategoriya va turkumlari bo‘yicha guruhlash hamda kalit so‘zlar yordamida fotosuratlarni izlash. Misol uchun, «selfi», «odamlar» va «tabiat» va boshqa kalit-so‘zlar yordamida kerakli suratni topish mumkin.

3. Smart app launcher funksiyasi. Bu tizim foydalanuvchi tez-tez murojaat qiladigan ilovani eslab qoladi va zarur paytda tezkor ishga tushirish, xizmatlardan oson foydalanish mumkin. Misol uchun, bu tizim orqali ekrandagi "Xarita" ilovasini ishga tushirib, borish kerak bo‘lgan manzilni so‘rash mumkin. Shuningdek, bu yordamchi sizga biror taniqli shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tezkor topib beradi.

Shuningdek, MIUI 9'da bir vaqtning o‘zida 2 ta ilovadan foydalanish mumkin. Deylik, siz biror messenjerdan muayyan manzilni olasiz. Shu vaqtda sizga "Xarita" ilovasini ochish imkoni beriladi.

MIUI 9'dagi yana bir kutilgan funksiya -- "ko‘p oynali" rejim bo‘ldi.  Uning yordamida ekranni 2 ga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2 tadan ziyod ilovadan foydalanish mumkin.

Qolaversa, tizimda yangicha dizayndagi ikonkalarni o‘rnatish mumkin. Blokirovka qilingan ekranda Mi Home, Mi Remote, Mi Pay, Transport Card hamda fonarik kabi ilovalarning yorliqlarini o‘rnatish mumkin.

MIUI 9'ning ilk beta-versiyasi 11 avgustda chiqariladi. Avvaliga  Mi6 va Redmi Note 4, sentyabrga yaqin Mi5S Plus, Mi5S va boshqa smartfon egalari uni yuklab olishlari mumkin.

MIUI 9 talqinidan kompaniyaning barcha apparatlari, jumladan 5 yil avval taqdim qilingan va 5 million dona foydalanilayotgan eski Mi 2 va Mi 2S modellarida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

MIUI 9 tizimidan rasman sentyabrdan boshlab foydalanish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!