Momoqaymoq urug‘i yordam beradi: uchuvchisiz uchar qurilmalarning yangi toifasi ishlab chiqariladi

  •   Saroy
  •  1625
  •  19.10.2018 12:16

Momoqaymoq urug‘i yordam beradi: uchuvchisiz uchar qurilmalarning yangi toifasi ishlab chiqariladi

Edinburg universiteti olimlari momoqaymoq urug‘i qanday qilib shunchalik katta masofani uchib o‘ta olishini o‘rganib chiqdilar va  u odamlarga qanday yordam berishi mumkinligi haqida bosh qotirmoqda.

Momoqaymoq urug‘i atigi shamol yo‘nalishidan foydalanib, 800 kilometrni bosib o‘ta olishi mumkin. Bunga ular qanday erishayapti? Shotlanddiyalik tadqiqotchilar momoqaymoq parvozini fotokamera orqali sinchiklab kuzatdilar va usimlikning siri nimada ekaniga aniqlik kiritdi.

O‘QING:Dronlar insonga yordamchimi yoki..?

Ma’lum bo‘lishicha, momoqaymoq qilchasi o‘ orqali o‘tayotgan havoni siyraklashtiradi. Natijada don ustida aylana shaklidagi havo oqimi yuzaga keladi. Havo tortish kuchini kuchaytirib, momoqaymoqning Yerga qo‘nishiga yo‘l bermaydi. Ushbu oqimni olimlar bo‘lingan girdobli aylana, deb atadilar.

Tabiatning momoqaymoq uchun o‘ylab topgan yechimidan uchar qurilmalarni ishlab chiqarishda foydalansa bo‘ladi. «Biz porvozning tabiiy yechimini topdik, u material va energiyaga bo‘lgan sarfni keskin kamaytiradi», — deya ta’kidlaydi tadqiqot guruhi rahbari  professor Katal Kammins.   Momoqaymoqning «parashyut»cha  tuzilishi uncha katta bo‘lmagan va tejamkor dron apparatlari uchun asos bo‘lishi mumkin.

O‘QING:Pentagon dronlarga qarshi qurashishning yangi usulini yaratmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!