Mortal Combat XL o‘yinining kompyuter versiyasi chiqariladi

Mortal Combat XL o‘yinining kompyuter versiyasi chiqariladi

Warner Bros. Interactive Entertainment kompaniyasi 4-oktyabrda Mortal Combat XL o‘yinining kompyuter versiyasi chiqarilishini e’lon qildi. Kompyuter versiya Polshaning Qloc studiyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Mazkur studiya, shuningdek, Super Street Fighter: Arcade Edition, God Eater 2: Rage Bust i DMC: Devil May Cry kabi bir qator o‘yinlar adaptatsiyasi bilan yaxshi tanilgan. O‘yin mualliflarining yozishicha, Steam to‘plamida avvaldan Mortal Kombat X o‘yiniga ega bo‘lgan foydalanuvchilar  XL versiyasiga qo‘shimcha xarajatlarsiz yangilanishlari mumkin.

22TxWuciD112hjKG6imH6rJdLb3aIHx3E3Ke8oGXvACCKx8d8ExUZwmERshSwBvJh0BS5CdlCb

Mortal Kombat XL to‘plami Mortal Kombat X va o‘yin uchun chiqarilgan boshqa qo‘shimcha materiallarni (jumladan Kombat Pack 1 va Kombat Pack 2 abonementlari) o‘z ichiga oladi.

Yangi o‘yinda grafik elementlar kuchaytirilgan, personajlar soni ko‘paytirilgan, audio xususiyatlar takomillashtirilgan.

22TxdlEed0YKi1wQz0wMqz2ZNQcDjkVz1TUuT3wYyP2xjIyWsA3xfA1UOLiIwVu

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.