Moto Z3 Play taqdimoti: yirik, yupqa va o‘rta narxli!

Moto Z3 Play taqdimoti: yirik, yupqa va o‘rta narxli!

Kecha Xitoyda uchinchi avlod Moto Z turkumining ilk smartfoni taqdim qilindi. Moto Z3 Play deb nom olgan mobil aloqa vositasi yirik displey, yangi apparat platformasi hamda qator o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi.

Ishlab chiqaruvchi bozordagi o‘rnini mustahkamlash uchun tinmay izlanish olib bormoqda. Yangi smartfon modeli dizaynida ham bu harakatlarning natijasini ko‘rish mumkin. "Ajdodlari" kabi, yangi smartfonning korpusi ham yupqa -- 6,75 mm.

Moto Z3 Play boshqa o‘ziga xosliklarini quyidagi jihatlarda ko‘rish mumkin: orqa paneldagi ikki sensor o‘rin olgan bosh kamera blokining dumaloqligi, svetodiodli fotochaqnoq, Moto Mods bilan kontakt uchun maxsus maydoncha, korpus yon tomoniga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri.

Smartfonning ham orqa, ham old panellari 2,5D shaklidagi himoya shishasi bilan jipslangan. Shuningdek, korpus suv va chang o‘tkazmaydigan himoya tizimi bilan ham qoplangan.

Moto Z3 Play modeliga 6 dyuymli, AMOLED matritsali displeyey o‘rnatilgan. Tomonlarining nisbati 18:9 o‘lchamli bo‘lgan ushbu displeyning piksellar sig‘imi FullHD+.

Birmuncha orqada qolgan Snapdragon 626 chipi o‘rnini birmuncha ilg‘or Snapdragon 636 protsessori egallagan.

Smartfonning 32 Gb yoki 64 Gb doimiy xotirali talqinlari mavjud. Ularning ham ikkalasida 4 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan.

8 megpikselli aniqligida surat oluvchi old kamera uchun f/2.0 standartli yorug‘lik taqsimlovchi moslama o‘rnatilgan.

Bosh kamera esa qo‘sh sensorli. Ulardan 12 megapikselli va f/1.7 aperturali bo‘lsa, ikkinchi sensor 5 megapikselli.

Moto Z3 Play quvvatini tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan hamda TurboPower tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan akkumulyatordan oladi.

Smartfon qadoqdayoq Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Keyinga oydan sotuvga chiqariladigan Moto Z3 Play devaysining narxi $499 dollar. Qadoqda unga qo‘shib tok sig‘imi 2000 mA soat bo‘lgan mobil akkumulyator (poverbank) beriladi.

O‘qing: Mi MIX 2S Rossiyada ancha arzon sotuvga chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!