Moto Z3 Play versiyasi ancha kuchaytirildi, rangi ham o‘zgardi

  •   Saroy
  •  507
  •  25.06.2018 15:46

Moto Z3 Play versiyasi ancha kuchaytirildi, rangi ham o‘zgardi

6 iyun kuni Motorola kompaniyasi yangi Moto Z3 Play smartfonini chiqargan edi. Oradan ikki hafta o‘tib, kompaniya yanada kuchli modifikatsiyalangan apparatni taqdib etdi. Yangi apparat OZU va PZU bilan kengaytirilgan, shuningdek rangi ham o‘zgargan.

Yangilangan Moto Z3 Play  6 gigabayt tezkor xotiraga ega bo‘ldi, avval 4 gigabayt bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi, shuningdek ichki xotirasi ham 128 gigabaytga kuchaytirilgan. Boshqa versiyasi esa 32 va 64 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma Onyx nomli yangi rang bilan boyitilgan. Qimmat versiyali Moto Z3 Play  700 AQSh dollari tursa, oddiy versiyasi 500 AQSh dollaridan boshlanadi.

O‘QING: Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

Yangilangan qismlardan tashqari, Moto Z3 Play boshqa jihatlari bilan xuddi  Moto Mods’dagidek: 6-dyuymli Full HD+ displey (2160 na 1080 pikselli), 8-yadroli Snapdragon 636,  Adreno 509 grafikali, microSD xotira kartasi uchun slot, Wi-Fi 802, 11a/ac/b/g/n (2,4 / 5 GGs), Bluetooth 5.0 va NFC modullari bilan qo‘llab quvvatlangan. Batareyasining sig‘imi 3000 mAch, tez quvvatlantirgichi esa  TurboPower shuningdek, qurilma OS Android 8.1 Oreo tizimida ishlaydi. Asosiy qo‘sh kamerasi 12 va 5 Mp, selfi-kamerasi esa — 8 Mp bo‘ladi.

O‘QING: Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.