Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

  •   Saroy
  •  1097
  •  06.06.2018 17:31

Motorola One Power bozorda o‘z o‘rnini topishga hozirlik ko‘rmoqda

Motorola kompaniyasi «Android One» dasturi doirasida yangi Motorola One Power smartfoni ustida ish olib bormoqda. Kuni kecha qurilmaning jonli surati namoyish etildi va hozirda @HeyAndri deb nomlangan insayder qurilmaning qayta chiqayotgan varianti va devaysning ayrim tavsiflari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘QING: 5G Moto Mod modulli Moto Z3 Play surati paydo bo‘ldi

Smartfon qirqmali katta displey bilan ta’minlanadi, shuningdek, iPhone X’dagidek qo‘sh kamerali bo‘ladi, bundan tashqari, unda barmoq izlari skaneri ham mavjud. 

Xabarda aytilishicha, Motorola One Power kengformatli Full HD+ ekrani bilan  jihozlanadi. Qurilmaning ishlashini sakkizyadroli Snapdragon 636 chipi (xuddi Redmi Note 5 dagidek) hamda 6 GB tezkor xotira ta’minlaydi. Bundan tashqari, smartfonga 64 GB bo‘lgan ichki xotira o‘rnatilgan. Yangi smartfonning batareyasi  3780 mAch, asosiy qo‘sh kamerasi 16 Mp (f1.8) + 5 Mp (f2.0), old kamerasi 16 Mp (f1.9) va aloqasiz to‘lovlar uchun  NFC-modul bor.

Smartfon katta ehtimol bilan yaqin oylarda savdoga chiqariladi.

O‘QING: Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!