Moviyrang Samsung Galaxy S7 Edge bilan tanishamiz

Moviyrang Samsung Galaxy S7 Edge bilan tanishamiz

Bundan bir necha kun oldin saytimizda Samsung kompaniyasi moviy rangdagi Samsung Galaxy S7 Edge versiyasini tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar bergandik. Kuni kecha esa Androidauthority sayti mazkur rangdagi smartfonning rasmiy suratlarini taqdim qildi.

blue-coral-galaxy-s7-edge-7-720x405

Saytning ma’lum qilishicha, mazkur rangdagi Galaxy S7 Edge noyabrning birinchi haftasida Janubiy Koreya, Singapur va Tayvanda sotuvga chiqariladi. Aslida ushbu rang (Blue Coral) avvalroq ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Galaxy Note 7 modeli uchun maxsus yaratilgan edi. Foydalanuvchilar ham ushbu rangdagi gadjetlar to‘g‘risida ijobiy fikr bildirishgan.

blue-coral-galaxy-s7-edge-6-720x405

Kompaniyaning Tayvandagi ofisi moviy rangli Galaxy S7 Edge modelining narxini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra mazkur rangdagi so‘nggi flagman Tayvanda 790 dollarga sotiladi. Noyabr o‘rtalarida modelning AQShdagi sotuvlari ham boshlanadi.