Moziyga qaytib: Intellivision Amico retro-konsolini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  373
  •  24.10.2018 12:33

Moziyga qaytib: Intellivision Amico retro-konsolini namoyish qildi

80- yillarda o‘yin konsollari bilan mashhur bo‘lgan Intellivision kompaniyasi  yangi Amico o‘yin pristvkasi haqida ma’lum qildi. Ammo bu bilan, kompaniya xuddi Nintendo va Sony kompaniyalariga o‘xshab eski konsollarini qayta chiqarayotgani yo‘q, balki mutlaqo yangi mahsulotni taklif etmoqda.

Intellivison Amico klassik o‘yinlar bilan ham ishlaydi, biroq shu bilan birga, unga yangi o‘yinlar ham tushadi. PlayStaiton Classic va SNES Classic’lardan farqli ularoq, bunda o‘yin qayta o‘rnatilmagan. Ularni alohida xarid qilish yoki yuklab olish mumkin bo‘ladi. Yana ishlab chiqaruvchilarning va’da berishicha, nafaqat lokal o‘yinlar, balki internet orqali multipleyerli o‘yin o‘ynasa ham bo‘ladi. O‘yinlar unchalik qimmat emas, atigi 3-8 dollar turadi.

O‘QING: O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

Pristavkaning kontrollerlari noodatiy. Ular ko‘proq pultga o‘xshab ketadi. Shuningdek, katta boshqaruv g‘ildiragi, bir nechta tugmasi va rangli 3,5 dyumli sinsor displeyi bor.  Ular Bluetooth orqali konsolga ulanadi va simsiz Qi standartida quvvatlantiriladi. Bitta pristavkada bir yo‘la 8 kishi o‘ynay oladi, qo‘shimcha kontrollerlar o‘rnida smartfonlardan foydalanish mumkin.

O‘QING: O‘yin konsollari qachon paydo bo‘lgan?

Intellivison Amico konsolining savdosi 2020 yil oktyabrda rejalashtirilgan. Uning narxi 149 dollardan 179 dollargacha bo‘lishi mumkin, deyiladi ushbu xabarda.

O‘QING: Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.