Muddat shu yilning oxirigacha: Vivo X21 smartfoni Android 9 Pie bilan ta’minlanadi

  •   Saroy
  •  749
  •  13.08.2018 10:53

Muddat shu yilning oxirigacha: Vivo X21 smartfoni Android 9 Pie bilan ta’minlanadi

Xitoyning Vivo smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Vivo X21 uchun yangi Android 9 Pie versiyasi qachon joriy etilishi haqida ma’lumot berdi.

Tarqatilgan xabarda aytilishicha, smartfon yangi  OS bilan shu yilning to‘rtinchi chorakligida ta’minlanadi. Taassufki, Vivo bu qachon bo‘lishi, ya’ni aniq sana haqida  aytmayapti. Shunga qaramay, qurilma eng birinchilardan bo‘lishi kutilmoqda, chunki u OnePlus 6, Xiaomi Mi Mix 2S, Sony Xperia XZ2 va Oppo R15 Pro safida  beta-test tizimidan o‘tdi.

O‘QING:Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Agar unutgan bo‘lsangiz eslatamiz, Vivo X21 smartfoni 6.28-dyuymli qirqmali Super AMOLED-ekraniga ega, tomonlar nisbati  19:9 va formati Full HD+ (2280x1080p). Qurilmaning ishlashini sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori hamda  6 GB OZU xotira sig‘imi ta’minlaydi. Bundan tashqari, devaysda 64/128 GB PZU, microSD uchun slot,  12 Mp ikkitalik asosiy kamera o‘rnatilgan.  Batareya sig‘imi 3100 mAch. Vivo X21’ning o‘ziga xos jihpatlaridan biri, uning barmoq izlari skaneri ekran ostida joylashganidir.

O‘QING:Skanerli romsiz ekranga ega Vivo X21 smartfoni to‘rt versiyada chiqariladi