Mudofaa vazirligi IIV uchun mobil ilova yaratdi

  •   DiMaX
  •  809
  •  03.06.2019 10:05

Mudofaa vazirligi IIV uchun mobil ilova yaratdi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Avayxon mahallasida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

O‘QING: «Telegram»da Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining rasmiy axborot kanali ish boshladi

Unda O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Ichki ishlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tuman boshqarmasi vakillari hamda tuman hokimligi rahbariyati so‘zga chiqib, barcha bolajonlarni muborakbod etdilar.

Tadbirda, shuningdek, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari uchun yaratilgan mobil ilovaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mobil ilova ichki ishlar organlari xodimlari bilan favqulodda muloqot qilish uchun qulay vosita hisoblanib, jinoyatchilikka qarshi kurashishda keng samara berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2018 yil 24 dekabrdagi «Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Unda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida o‘zaro maqsadli hamkorlikni tashkil etish, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda jamoatchilik tuzilmalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

O‘QING: Huawei bilan hamkorlik haqida «og‘zidan gullab» qo‘ygan mudofaa vaziri ishidan haydaldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!