Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul onlayn bo‘ladi (+video)

  •   DiMaX
  •  4793
  •  04.09.2020 10:48

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul onlayn bo‘ladi (+video)

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021-o‘quv yili uchun imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 3 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Bitiruvchilarning shahodatnoma va attestatlari endi QR-kod va maxsus himoyaga ega bo‘lyapti!

Xabar berishlaricha, maktabning 5—9-sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish sentyabr—oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadi, hujjatlar maktabning rasmiy veb-sayti (www.ictschool.uz) orqali onlayn qabul qilinadi. Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan:

1-bosqich: sentyabrda onlayn test sinovi;

2-bosqich: oktyabrda Zoom dasturi orqali onlayn suhbat.

Hujjatlarni qabul qilish va imtihonlar o‘tkazilish sanalariga aniqlik kiritilmoqda, bu bo‘yicha yaqin kunlarda axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentning 2017 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi. 2019 yil dekabr oyida maktab binosi foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda maktabda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan 680 nafar o‘g‘il-qiz 5—11-sinflarda ta’lim olmoqda.

Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan qabul qilinadi. Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi. Maktab o‘quvchilariga o‘quv jarayonida olayotgan nazariy bilimlarini IT-laboratoriyalardan foydalanib, amalda sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan. Ular maktab davridanoq o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar IELTS ingliz tilidan baholash testlarini maktabning o‘zida topshirish imkoniyatiga ega.

O‘QING: Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!