Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

  •   DiMaX
  •  705
  •  18.03.2020 16:30

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 16 mart kunidan, barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari qatori, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda muddatdan oldin bahorgi ta’til e’lon qilindi. Ammo o‘quv jarayoni to‘xtagani emas, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: Toshkentdagi maktab o‘quvchilari o‘zlari yasagan robotlarni Amiti universitetida namoyish etishdi

Xabarga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o‘quvchilar o‘qishni davom ettiraveradi, biroq darslar endi masofaviy, onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o‘qituvchilari birgalikda onlayn darslar ishlab chiqdi. O‘quvchilar fanlarni onlayn o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, maktab sinf rahbarlari bilan birgalikda har bir o‘quvchi bilan Google Education platformasi orqali individual yondashuv yo‘lga qo‘yilgan. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan o‘zaro masofaviy ta’lim olib bormoqdalar. Bunday imkoniyat o‘quvchilarni qolib ketgan darslarini o‘zlashtirish va o‘z bilimlarini mustahkamlashda yordam beradi.

O‘QING: Inha universiteti imtihon uchun hujjat qabul qila boshladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.