Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi

  •   Saroy
  •  1760
  •  30.05.2018 18:24

Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi

Itimoiy tarmoq bu haqda ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilarini ogoh etgan.

Xabarda aytilishicha, loyiha faoliyatini 3 iyungacha to‘xtatgan. Tarmoq rahbariyati foydalanuvchilardan o‘zlari uchun zarur bo‘lgan (foto, video, yozishmalar, aloqa ro‘yxati, musiqa to‘plamlari va boshqalar) ma’lumotlarni yuklab olishni so‘ragan va loyihadagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirgan.   

Muloqot.uz «Simple Networking Solutions» MChJ  kompaniyasi tomonidan 2011 yilda ishga tushirilgan edi. O‘shanda berilgan xabarda loyihaning boshqalarga o‘xshamaydigan bir qancha farqi borligi aytilgan edi: ham o‘zbek tilida, ham rus tilida, interfeys, SMS-interfeys, Tas-IX hududida joylashtirish va boshqalar.

O‘QING: Davlatga oid va ijtimoiy veb-resurslarga Ucell abonentlari imtiyozli narxlarda kirishadi

Ijtimoiy tarmoqning yana bir o‘ziga xos tomoni, kompaniyaning huquq egalari Palatasi va mualliflar Gildiyasi bilan litsenziyaviy kelishuvga egaligidir. Kelishuv natijasi ularoq, saytda musiqa eshitish va rleylistlar yaratish hamda ularni boshqalar bilan baham ko‘rish mumkin.

2012 yilda loyiha dizayni va funksionali yangilandi, ham kompyuterda,  ham telefonda xabar almashish imkoniyati paydo bo‘ldi (Jabber’ga o‘tildi),  «Futbol» va  boshqa ko‘plab bo‘limlar kiritildi. Natijada ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tganlar soni 28 mingdan oshdi, har kuni 3 mingga yaqin kishi tarmoq resurslaridan foydalanib keladi.

O‘sha yili Muloqot.uz  UZ milliy domeni internet-festivalida  «Tarmoq xizmatlari sohasida eng yaxshisi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

O‘QING: Veb saytlar qanday turlarga bo‘linadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!