Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

  •   DiMaX
  •  2470
  •  20.07.2018 15:18

Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

Appthority kompaniyasining kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislari korporativ mijozlarga tahdid qiluvchi eng xavfli mobil ilovalar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, iOS-qurilmalar uchun eng tahdidi yuqori bo‘lgan ilovalar WhatsApp hamda Facebook Messenger messenjerlari, shuningdek, Waze navigatsiya dasturi ekan.

O‘QING: iPhone’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan to‘rtta sozlama

Shuningdek, Android tizimida ishlovchi devayslar uchun eng xavfli dasturlar antireytingida ham WhatsApp hamda Facebook Messenger ilovalari yetakchi. Uchinchi o‘rinda esa keng ommalashgan Telegram messenjeri turadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Waze ham, Telegram ham xavfli ilovalar ro‘yxatidagi «kuchli uchlik»ka ilk bora kirishgan.

Facebook va WhatsApp messenjerlari xavflilik bo‘yicha 10 balldan 7 ball olishgan. Bu ko‘rsatkich shuni anglatadiki, bu ilovalar korxonalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni serverlarga yuboradi, yoki bo‘lmasa, xavfsizlik siyosati talablariga mos kelmaydi. Masalan, reytingga kiritilgan servisning ko‘pchiligi smartfondagi kontaktlarni va SMS-xabarlarni serverga jo‘natib turadi, shuningdek, maxfiylikni ta’minlovchi HTTPS protokolini o‘chirib qo‘yadi.

Shuningdek, ma’lumotlar «sizib» chiqib ketmasligi uchun qaysi turdagi dasturlardan ehtiyot bo‘lish lozimligini ham ekspertlar aytib o‘tishgan. Bunday toifaga asosan messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar kliyentlari hamda onlayn tanishuv servislari kiradi.

O‘QING: Smartfondan o‘chirish kerak bo‘lgan 5 ta ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!