MWC 2018 ko‘rgazmasida «Nokia X» namoyish etiladimi?

  •   DiMaX
  •  1718
  •  20.01.2018 12:18

MWC 2018 ko‘rgazmasida «Nokia X» namoyish etiladimi?

Nokia brendi o‘tgan yili o‘zining bir nechta modellardagi telefonlari bilan bozorda mustahkamlanib  oldi. Ammo u haligacha boshqa smartfonsozlarning iPhone X, Galaxy S8, HTC U11+ singari modellari bilan bellasha oladigan chinakam flagman taqdim etgani yo‘q.

O‘QING: Video: hali taqdim etilmagan Nokia flagmanining yangi tafsilotlari

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Nokia kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida «hayratga soluvchi» bir taqdimot o‘tkazmoqchi. Bu haqda mazkur brend huquqiga egalik qilayotgan HMD Global kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha bosh menejeri Yuxo Sarvikas o‘zining Twitter-akkauntida xabar qilgan.

Nokia top-menejeri uzoq vaqt «efirda» bo‘lmagani uchun uzr so‘ragan va MWC 2018 ko‘rgazmasidagi taqdimotga tayyorgarlik ko‘rishayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, namoyish etiladigan yangi (balki bir nechta) qurilma «kamida hayratga soladigan» bo‘ladi.

Shu paytgacha tarqalgan gap-so‘zlarni inobatga oladigan bo‘lsak, kompaniya Barselonadagi tadbirga uzoq kutilgan Nokia 9 smartfonini olib boradi. Ayni shu model Nokia’ning flagmani bo‘lishi hamda Galaxy S9, Xiaomi Mi 7 va yangilangan Sony Xperia kabi top-smartfonlarga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Nokia 9’ning barcha tafsilotlari bitta videoda: Galaxy Note 8 kabi, faqat qiziqroq

Shu bilan birga, o‘zgacha taxmin ham paydo bo‘lgan – ehtimol, HMD Global bu ko‘rgazmada umuman boshqa, kutilmagan – yangilangan «Nokia X» yoki «Nokia X 2018» modelini taqdim etar? Zero, o‘tgan yili Apple o‘zining superflagmanini namoyish etgach, boshqa smartfonsozlar nafaqat undagi turli texnologiyalarni, balki hatto nomidagi «X» qo‘shimchasini ham o‘zlashtirishga kirishganlar-ku! Nafaqat smartfonlarda, hatto ayrim dasturlar va proshivkalarning ham «X» qo‘shimchali talqinlari chiqayotir...

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Afsuski, Yuxo Sarvikas «hayratga soluvchi» taqdimotdi aynan nima(lar) namoyish etilishi borasida ma’lumot bermagan. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.