Nafosat bayrami muborak bo‘lsin!

  •   DiMaX
  •  1216
  •  07.03.2017 19:52

Nafosat bayrami muborak bo‘lsin!

Terabayt.uz sayti jamoasi barcha qiz-ayollarni go‘zal bahoriy bayram – 8 mart bilan tabriklaydi!

Garchi sizlarga atalgan maxsus maqolalarimiz aytarli darajada ko‘p bo‘lmasa-da, ishonavering – biz sizlarni sevamiz va hurmat qilamiz. Axir, xalqaro Technovation Challenge tanlovida qatnashadigan qizlarimiz – bizning kelajagimizdir. Sizlar xush ko‘radigan selfi uchun taqdim qilingan maxsus smartfonlar, ayollar uchun ishlab chiqarilgan quyosh batareyali sumkachalar, nafis bichimli ayollar aqlli soatlari singari – xuddi o‘zingizdek zukko va bejirim ashyolarni sizlarga hadya etgimiz bor-u, hozircha faqat yangilik, tavsif va maqolalar bilan cheklanib turaqolamiz. 😉

Sizga va yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy farovonlik, xotirjamlik, cheksiz baxt tilab qolamiz. Tinchlik, o‘zaro hamjihatlik, omad va bahoriy kayfiyat doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!