Namanganda teletibbiyot tizimi joriy etiladi – u nima o‘zi?

  •   DiMaX
  •  783
  •  12.06.2019 09:21

Namanganda teletibbiyot tizimi joriy etiladi – u nima o‘zi?

Kuni kecha Namangan shahridagi 4-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tadbirda tajriba tariqasida teletibbiyot tizimi qo‘llanildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi rahbari R.Izamov bu texnologiya haqida batafsil ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Mazkur innovatsion loyiha bemor va shifokor o‘rtasida masofadan turib muloqot o‘rnatish, kasallikka tashxis qo‘yish va davolash ishlarini olib borish, shuningdek, shifokorlar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni internet tarmog‘i vositasida tashkil etish imkonini beradi. Teletibbiyot tizimining joriy etilishi bilan bemorlar xorijdagi klinikalarga borish uchun sarflaydigan vaqt va xarajatlar tejaladi. Ular endi shu yerning o‘zidan turib xorijiy mutaxassislarning kasalliklar tashxisi va davolash usullari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirda tajriba tariqasida poliklinikaning o‘zidan turib Hindistonning yetakchi klinikalaridan biri bilan bog‘lanildi. Dastlabki bemorning salomatligi haqida elektron tarzda ma’lumot yuborilib, uni bezovta qilayotgan dardni davolash bo‘yicha tibbiy maslahat olindi.

Mazkur loyiha birinchilardan bo‘lib Namanganda joriy etilishi ta’kidlandi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!