Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Xitoyning “LLT TechnoLogy Limited” hamda “Beijing Janus Greending WheeL Co.LTD” kompaniyasi boshqaruvi kengashi a’zolari shahar hokimligida muzokaralar olib borgan. Bu haqda “Namnews.uz” ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xorijlik biznesmenlar ishtirokida  Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabulida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.
 
Buning pirovardida, uchrashuvda Namangan shahrida yangi barpo etilgan “Yuksalish” kichik sanoat zonasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda telefon apparatlari uchun aksessuarlar hamda qurilish ishlarida foydalanish uchun silliqlash aylanasi (balgarka tosh) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
 
Qayd etish joizki, mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish natijasida dastlabki bosqichda 250 ta, keyingi bosqichda esa qo‘shimcha yana 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!