Nanotexnologiya piramidasi: grafen bozori qalbakilari bilan to‘lgan

  •   Saroy
  •  581
  •  15.10.2018 11:46

Nanotexnologiya piramidasi: grafen bozori qalbakilari bilan to‘lgan

Olimlar guruhi grafen ishlab chiqarayotgan dunyodagi 60 ta kompaniyaning mahsulot namunalarini tahlil qilib ko‘rdilar. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, ular orasida  arzon grafitlar ulushi  50 foizdan  90 foizgacha.

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi o‘zlarining tahlil natijalarini Advanced Materials jurnalida e’lon qilishdi. Maqolada aytilishicha, xalqaro grafen bozori «qora chang» yoki oddiy grafit bilan to‘lib ketgan. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga ishlab chiqarish jarayoni hamda grafen tavsifi reglamentlashtirilmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Grafen — mustahkam va yengil material. Uni yaratgani uchun Konstantin Novoselov bilan Andrey Geymlar Xalqaro Nobel mukofotini olishgan.  Uning asosiy muhim jihati elektronlarning boshqa materialarga nisbatan ularda chaqqon harakat qilishidir. Shu bois grafenni  nanoelektron qurilmalar yaratishda foydalanishadi.

O‘QING:Samsung 12 daqiqada quvvatlanadigan grafen akkumulyatorni taqdim qildi

Avval boshda grafen skotch yordamida ishlab chiqarilar edi. Grafit bo‘lakchalari ikki yo‘lakli yelim lentada maydalanar, keyin  oksidlangan kremniyga qo‘yiladi. Biroq keng miqyosda ishlab  chiqarish uchun bunday usul mutlaqo ish bermaydi. Shu bois hozirda uni grafitni plyonka ko‘rinishida tindirib yoki o‘ta ingichga paraxa qilib kesish yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Olimlar aynan birinchi usulda olingan grafenni tadqiq qildilar.

Vaziyat juda ko‘ngilsiz bo‘lib chiqdi: turli ishlab chiqaruvchilar chiqargan 60 ta namuna qalbaki bo‘lib chiqdi. Barcha namunalar tekshirilganda, tarkibidagi grafen 50 foizgacha kam bo‘lgan. Qolaversa, barcha namunalarda normadan ortiq aralashmalar bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, sifatli va toza grafenni hozirda amalda mutlaqo topib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni hal qilishning birdan bir yo‘li texnologiya jarayonlarini standartlashtirish va yagona protokollashtirish tizimini joriy etish, deyiladi maqola so‘nggida.  

O‘QING:Super Charge tezkor quvvatlantirgich sertifikatsiyadan o‘tdi