Naq to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekordchi – Lenovo Z5 mobil fotografiyada ham burilish yasayapti!

  •   DiMaX
  •  1739
  •  22.05.2018 15:45

Naq to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekordchi – Lenovo Z5 mobil fotografiyada ham burilish yasayapti!

Lenovo kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman smartfoni – Z5 modeli borasida shov-shuv ko‘tarishda davom etmoqda. Xabaringiz bor – ushbu model displeyi hoshiyalardan xoli, chinakamiga to‘liq ekranli smartfon bo‘ladi.

O‘QING: Lenovo «haqiqiy romsiz» smartfonni ko‘rsatdi (+video)

Kompaniya vitse-prezidenti Chang Chen ushbu flagman haqidagi yangi ma’lumotlarni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Bu gal u Lenovo Z5 smartfonining kamerasi imkoniyatlarini namoyish etdi, ya’ni bu flagman kamerasi orqali olingan rasmlarni tarqatdi.

Rasmning pastki chap burchagidagi yozuvga qaraganda, Lenovo Z5 modeli «sun’iy idrok» imkoniyatlariga ega qo‘shaloq kamera bilan jihozlangan. Biroq unda qo‘llangan sensorlar, piksellar sig‘imi, ob’yektivlar diafragmasi to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Lenovo «mutlaqo romsiz» flagmanining nomi va suratini e’lon qildi

Mana, quyidagi surat ham, xuddi yuqoridagisi kabi, yorug‘lik kam bo‘lgan sharoitda olingan:

Ushbu ikkita rasmning originali bilan tanishish va Lenovo Z5 modelining mobil suratkashlik mahoratini yaqqolroq his etish uchun mana bu havola orqali Weibo tarmog‘iga o‘tishingiz mumkin.

Kompaniya Lenovo Z5 smartfonining rasmiy taqdimotini joriy yilning 14 iyuniga belgilagan.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining va’da qilishicha, uning bu flagmani biryo‘la to‘rtta texnologiya bo‘yicha tub burilish yasamoqda. Bulardan birinchisi – old panelning 95 foizdan ortig‘ini egallovchi, haqiqiy romsiz ekrani bo‘ladi. Ikkinchisi esa rekord darajadagi – naq 4 terabayt hajmli doimiy xotirasi ekani haqida yozganmiz. Lenovo Z5’ning uchinchi rekordi, aftidan, uning kamera imkoniyatlari bo‘lsa kerak. To‘rtinchisi hozircha noma’lum, ammo bu borada biror yangilik chiqishi bilan xabardor qilamiz – bizni kuzatib boring.

O‘QING: 1 terabayt nima bo‘pti!? Lenovo Z5 – naq 4 terabayt xotirali ilk smartfon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.