Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi

Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi

realme kompaniyasi o‘zining 9i 5G modelini taqdim etdi. Smartfon Dimensity 810 chipi va katta hajmli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Old tomonda 1080p rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displeyi joylashgan. Kompaniya ushbu model 90 gertsda ishlashini alohida e’tibor bilan ta’kidlab o‘tdi. Barmoq izi skaneri yon tomondagi quvvlash tugmasida joylashgan. 

Orqa paneldan f/1.8 diafragmadagi 50MP asosiy kamera, 2MP sath kamera va 2MP makro kamera o‘rin olgan. Old tomonda 8MP selfi kamera joylashgan. 

realme 9i 5G modeli USB-C porti bilan 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Unda, shuningdek, 3.5 mm audio jek ham bor. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realmeUI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Smartfonning xotirasini microSD kartasi bilan 2TB gacha kengaytirish mumkin. Tezkor xotirani esa hajmiga qarab 3GB gacha kengaytirsa bo‘ladi. 

realme'ning ta’kidlashicha, 9i 5G modeli 5G smartfonlar segmentidagi eng ingichka korpusli qurilma hisoblanadi. Uning korpus qalinligi 8.1 millimetr, og‘irligi esa 187 grammni tashkil qiladi. 

Smartfon Soulful Blue, Rocking Black va Metallica Gold ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

4/64GB - 188 dollar

6/128GB - 215 dollar

Qurilmaga oldindan buyurtma berish realme.com sayti hamda Flipkart onlayn do‘konida 24 avgust sanasidan boshlanadi. 

O‘QING: iPhone 14 qatori kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin