Narxi 50 dollarga ham bormaydigan yana bitta Nokia telefoni tayyor!

  •   DiMaX
  •  2482
  •  01.12.2018 16:11

Narxi 50 dollarga ham bormaydigan yana bitta Nokia telefoni tayyor!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida turli smartfonlar taqdim etib, bozorda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, u tugmachali mobil telefon xaridorlarini ham esdan chiqarib qo‘ygani yo‘q.

O‘QING: Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

Shu kunlarda TENAA agentligi ma’lumotlar bazasida mazkur savdo belgisining yana bir yangi modeldagi telefoni haqida axborot paydo bo‘ldi. Bu qurilma Nokia TA-1114 model raqami bilan ro‘yxatga olingan.

Bu – tugmachali telefon bo‘lib, ekrani diagonaliga 1,77 dyuymlik, uning tasvir aniqligi esa 128x160 piksellik. Telefonning protsessori 260 megagerslik takt chastotasida ishlaydi, qurilmaning doimiy xotirasi esa 4 megabaytlik. Telefonda FM-radio ham mavjud. Korpusining o‘lchami 111,15x49,45x14,6 millimetrga, vazni esa 70,2 grammga teng.

Ko‘rinib turibdiki, mazkur telefon uchun 50 dollardan kam narx belgilanadi. HMD Global ushbu gadjetini 5 dekabr kuni Dubaydagi matbuot anjumanida taqdim etishi mumkin. Nokia brendining ayrim telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizda 529 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Dubay, 5 dekabr: Nokia biryo‘la uchta smartfon taqdim etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.