NASA insonni Marsga eltuvchi raketa dizaynini yakunladi

NASA insonni Marsga eltuvchi raketa dizaynini yakunladi

NASAning ma’lum qilishicha, raketa-kosmik tizim(SLS) – insonni “Qizil sayyora”ga eltuvchi raketa mutaxassislarning tanqidiy va tahliliy ko‘rigidan o‘tdi. Endilikda uni qurishga bel bog‘lasa ham bo‘ladi.

Kelgusida mazkur “SLS” qurib bitkazilsa, uning eng kuchli raketalardan biri bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Amerika uchun esa Ona sayyoramiz borasida tadqiqot olib borishda yangi davr boshlanishi mumkin.

Raketaning konstruksiyasi borasida bildirilgan tanqidiy-tahliliy fikrlar barchaning e’tiborini tortmoqda, ya’ni raketa tuzilishining bunday ko‘rikdan o‘tishi kompleksning blokdagi 1-konfiguratsiya qurilishidan oldingi to‘rtta eng so‘nggi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Olimlar keyinchalik yana ikkita konfiguratsiyani ham kiritgan bo‘lib, barcha bosqichlarda dvigatel va asosiy stadiyalarni o‘z ichiga oladi.

Bu borada belgilangan navbatdagi qadam 2017 yili amalga oshiriladi. Unda sertifikatni rasmiylashtirish, ishlab chiqarilgach, sinov jarayonlarini yakunlab, iste’molga joriy etish ko‘zda tutilgan.

NASAning ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i yordamchisining o‘rinbosari Bill Xillning ta’kidlashicha, loyihalashtirilayotgan “SLS”ning birinchi davrini muvaffaqiyatli yakunlab, raketa dvigateli va tezligini oshiruvchi ehtiyot qismlari sinovdan o‘tkazilgan. Birinchi navbat uchun barcha kerakli qismlar ishlab chiqarishga shay bo‘lib turibdi.

Olimning ma’lum qilishicha, bu vaqt oralig‘ida ma’lum muammolar yuzaga kelgan va kelgusida ham bo‘lishi muqarrar. Biroq bu holat raketani ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘ri tashkil etilayotgani va samoda insonning doimiy kuzatuvini ta’minlashga ishonch beradi.

“SLS” ikkita tezlashtiruvchi va to‘rtta RS-25 dvigateldan iborat. NASAning “Orion” kosmik kemasining o‘rniga uning mukammal sharhi uchish vaqti rejalashtirilayotgan 2018 yilga qadar berilishi mumkin.

“SLS”ning asosiy bosqichi taxminan 27,6 diametrga teng bo‘lgan 200 fut balandlikda joylashadi. Raketa motori uchun kriogen suyuq vodorod va suyuq kislorod yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Bu esa NASAning Marsni o‘zlashtirishga bo‘lgan navbatdagi harakatidan biri bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!