NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

  •   Saroy
  •  1428
  •  25.08.2018 10:39

NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

Orbitaga Spitzer teleskopi uchirilganining 15-yillik yubileyi munosabati bilan Milliy koinot agentligi (NASA) smartfon egalarini fazogirga aylantiradi.

Spitzer teleskopi 2003 yil 25 avgustda o‘z missiyasini boshlagan edi. Biroq o‘sha vaqtda u dunyodagi eng yirik infraqizil teleskopi bo‘lib turgandi. Spitzer aynan, kam nur taratayotgan ob’yektlarni tadqiq qiladi. Masalan, u o‘layotgan yulduzlar ko‘rinishini namoyish qiladi.

O‘QING:Astrofiziklar koinotda sirli signalni payqashdi

Dastavval teleskop orbitada 2,5 yil ishlab turdi. So‘nggi 9 yil davomida u orqali  Olamning kengayishi o‘rganildi.

Mana endi, NASA  ushbu afsonaviy apparat sharafiga  smartfonlar uchun  yangi ilova yaratdi. Foydalanuvchilar  teleskop o‘zining asosiy missiyasini bajarish davomida olgan suratlardan  istaganini qurilmasiga yuklashi mumkin hamda ilova yordamida o‘zini ushbu fonda suratga olish imkoniga ega. Bekgraund sifatida qachonlardir Spitzer kuzatgan galaktika yoki yulduzlardan istaganining  tasvirini qo‘ysa bo‘ladi.

O‘QING:O‘zga sayyoraliklar: bizku ularni topa olmayapmiz, ular bizni qidiryaptimi?

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!