Navbatdagi – 4 dyuymli iPhone’ga nom yangicha shaklda qo‘yiladi

Navbatdagi – 4 dyuymli iPhone’ga nom yangicha shaklda qo‘yiladi

Apple’ning iPhone 7 qurilmasi haqidagi mish-mishlar tobora “bolalayotgan” bir mahalda, internet nashrlari va ekspertlarning bloglarida kompaniya kelayotgan mart oyida 4 dyuymli navbatdagi smartfonni taqdim etishi va unga yangicha shakldagi nom berishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Yangi mobil telefonining “iPhone 6C” yoki “iPhone 5SE” shaklida emas, balki raqamli tartibdan xoli ravishda “iPhone SE” deb nomlanishi taxmin qilinmoqda.

2013 yilda kompaniya tomonidan iPhone 5C gadjeti taqdim qilingan edi. Ekspertlarning fikricha, mart oyida e’lon qilinadigan smartfon aynan o‘sha qurilmaning vorisi bo‘lishi mumkin.

“Eplshunos” mutaxassislar yangi seriyadagi “SE” qo‘shimchasini katta ehtimol bilan “special edition”, ya’ni “maxsus talqin” degan ma’noni anglatishi mumkinligini aytishmoqda.

Shu taxlit navbatdagi smartfon raqamsiz va faqat harflardan iborat seriya nomiga ega ilk iPhone bo‘ladi. Hammasiga esa ijrochi direktor – Tim Kuk taqdimot sahnasiga chiqqach oydinlik kiritiladi.