Nega Apple "Jeyms Bond" uchun 5 mlrd dollar tikishga tayyor?

Nega Apple

Ayni paytda texnologiya gigantlari "orzular fabrikasi" bo‘lmish kino olamini zabt etishga intilishmoqda. Buyuk Britaniyaning taniqli agent kino-qahramoni Jeyms Bond faoliyatiga bag‘ishlangan yangi filmni suratga olish bo‘yicha mualliflik huquqi uchun bir qancha kompaniyalar, jumladan Apple Inc. hamda Amazon.com Inc. kabi jahonning yirik IT-kompaniyalari ham kurashmoqda.

Dunyodagi eng katta savdo platformasi bo‘lmish Amazon.com va iPhone ustasi bo‘lmish Apple Hollywood kino sanoatida muvaffaqiyat qozonish uchun har qancha sarflashga tayyor. Hozircha yirik raqiblar orasida Time Warner Inc.'s Warner Bros, Sony Corp., Universal Pictures va 20th Century Fox kabi taniqli kino studiyalari bor. Taxminlarga ko‘ra, Jeym Bond haqidagi yangi filmning mualliflik huquqi uchun Britaniyaning Eon Productions studiyasiga to‘lanadigan mablag‘ $2-5 mlrd. dollarga yetadi. Bu esa $260 mlrd. dollar kapitalga ega Apple uchun arzimagan mablag‘.

Amazon televizion shoular va film suratga olish uchun milliardlab dollar sarflamoqda. Jumladan, Amazon Studios studiyasi suratga olgan "Dengiz yoqasidagi Manchester" filmi 2 ta yo‘nalishda «Oskar» mukofoti bilan taqdirlangan. Apple esa "kino hududi"da hozircha havaskor.  

1962 yildan buyon suratga olib kelinadigan Jeyms Bond filmlari Hollivudning eng kassabop kinolari qatorida turadi. Bu bevosita brendga aylangan film qahramonining nomi bilan bog‘liq. Ko‘pchilikning fikricha, Apple "Jeyms Bond" brendidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritsa, ingliz josusi iPhone'dan foydalanib, Mac kompyuterlarida elektron pochtasini ko‘zdan kechiradi, shubhasizki, uning bilagida Apple Watch bo‘ladi va qahramon Apple logotipini targ‘ib qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.