Nega elektromobillarda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi?

Nega elektromobillarda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi?

Bugungi kungi elektromobillarda uzatmalar qutisi uchramaydi. Buning uchta asosiy sababi bor, ammo buni tushuntirishdan avval uzatmalar qutisi nima va ichki yonuv dvigatelli avtomobillarda qanday vazifa bajarishini bilib olsak. Shu yo‘l bilan uzatmalar qutisi elektromobillar uchun unchalik muhim bo‘lmagan qism ekanligini tushunib olishimiz oson bo‘ladi. Shuningdek, quyida uzatmalar qutisi elektromobillarga qo‘shilishining foydali tomonini tushuntirib o‘tamiz. 

Demak, uzatmalar qutisi nima va uning ichki yonuv dvigatelli avtomobillardagi o‘rni qanday?

Ichki yonuv dvigatelli motor elektr motordan farqli o‘laroq, transport vositasini harakatlantirish uchun yetarli aylanish lahzasini ishlab chiqarmaydi, ko‘proq aylanish lahzasini ishlab chiqarish uchun yuqori aylanish darajasi kerak bo‘ladi. Ammo dvigatelning aylanish diapazoni cheklangan, bu esa avtomobilning tezligi cheklanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun avtomobillarda uzatma qutilaridan foydalaniladi.

Qisqa qilib aytganda, uzatmalar qutisi va so‘nggi qo‘zgalish nisbati birlashib aylanish lahza ko‘paytiruvchisini hosil qiladi. 

Uzatma nisbati va so‘nggi qo‘zg‘alish nisabti nima o‘zi? Keling, birinchi uzatma nisbati haqida gaplashsak. Ichki yonuv dvigatelli avtomobilda uzatma qutisini birinchi pog‘onaga o‘tkazdik deylik. Shuningdek, birinchi pog‘ona 3:1 nisbatiga ega deb faraz qilaylik. Bu dvigatel tomonidan ishlab chiqarilgan aylanish lahzani uchga ko‘paytiriladi degani. Mashina g‘ildiraklarida aylanish lahza necha marta ko‘paytirilishini aniqlash uchun so‘nggi qo‘zg‘alish nisbatini ham hisobga olishimiz kerak. Agar yana so‘nggi qo‘zg‘alish nisbati 3:1 bo‘lsa, avtomobil g‘ildiragining aylanish lahzasi dvigatel aylanish lahzasidan to‘qqiz barobar ko‘p bo‘ladi. Agar avtomobilning dvigateli yuqoridagi nisbatlar bilan birinchi uzatmalar pog‘onasida 200 Nm aylanish lahzasini ishlab chiqarsa, g‘ildirak aylanish lahzasi 200 Nm x 9 = 1800 Nm ni tashkil qiladi.

Uzatmalar qutisisiz bunday amalni bajarib bo‘lmaydi. Agar gaz pendali bosib turilsa ham, mashina joyidan qimirlamaydi. Shuning uchun ichki yonuv dvigateli avtombillarni dvigatel quvvati va aylanish lahzasi mukammal birlashtirilgan holda ishlab chiqarish kerak bo‘ladi. Garchi oxirgi o‘n yilliklarda ushbu tizimda sezilarli rivojlanishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, uzatmalar qutisi ko‘p yoqilg‘i sarflaydi deb qaraladi. 

Elektromobillarda vaziyat qanday?

Elektromobillarda uzatmalar qutisi bo‘lmaydi yoki muhim ahamiyat kasb etmaydi. Uzatmalar qutisi muammosiga nol aylanish tezligidan yuqori aylanish lahzaga erishish, elektr motorning yuqori aylanish darajasi hamda elektron yuqori tezlikni cheklash bilan barham beriladi. Keling, barchasi bilan birma-bir tanishib chiqamiz. 

Nol aylanish tezligidan yuqori aylanish lahzasiga erishish

Esda tutingki, uzatma qutisi asosan aylanish lahzasini ko‘paytiruvchi qurilmadir. Agar nol aylanishdan yuqori aylanish lahzasiga o‘tilsa, uni bir nechta uzatma nisbati yordamida ko‘paytirishning hojati qolmaydi.

Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir omil bor - bu yuqori aylanish darajasi. Elektr dvigateli daqiqasiga 20.000 martagacha aylanishi mumkinligi sababli yuqori aylanish lahzasi bilan yuqori tezlikka faqat bitta nisbat bilan erishish mumkin. Shuningdek, bunda elektron yuqori tezlikni cheklash omili ham muhim ro‘l o‘ynaydi. 

Keling, misol tariqasida BMW i4 eDrive 40 avtomobilini ko‘rib chiqamiz. Ushbu avtomobilning maksimal aylanish lahzasi 430Nm (0-5000 rpm) ni tashkil qiladi. Kombinatsiyalangan uzatma qutisi va so‘nggi qo‘zg‘alish nisbati 11.115: 1 ni tashkil etadi. Bu g‘ildirak aylanish lahzasini 4780 Nm ekanligini bildiradi. Shu sababli elektromobillarning boshlang‘ich tezligi ichki yonuv dvigatelli avtomobillarnikidan yaxshiroq bo‘ladi. 

Faraz qilaylik, mashinaning maksimal tezligi soatiga 190 km. Eng yuqori tezlikda motor 16500 rpm tezlikda aylanadi. Ushbu misolda ko‘rib turganingizdek, elektr dvigatel uzatmalar qutisiga muhtoj bo‘lmasdan barcha talablarni qondirish uchun yetarli aylanish lahzasiga ega bo‘la oladi.

Porsche va Audi elektromobillarida vaziyat biroz boshqacharoq

Porsche Taycan va Audi E-tron GT elektromobillarining orqa dvigatelida ikki bosqichli uzatmalar qutisidan foydalaniladi. Yuqorida elektromobillar uzatmalar qutisiga muhtoj emasligi aytilgandi degan hayolga borishingiz mumkin. Albatta shunday, biroq uzatmalar qutisi elektromobillarga ham yordam berishi mumkin. Past tezlikdan o‘rta tezlikka tezroq o‘tish uchun elektromobillarga qisqa pog‘onali uzatmalar qutisi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p bosqichli uzatmalar qutisi yuqori tezlikda elektr motorning aylanish tezligini kamaytiradi. 

Nega yuqori tezlikda motorning aylanish tezligini pasaytirish kerak? Xo‘sh, buning ikkita sababi bor. Avvalo, dvigatelning aylanish tezligini kamaytirish orqali biz uning samaradorligini oshiramiz. Bu bilan elektromobilning quvvati ko‘proq masofa bosib o‘tishiga yetadi. Ikkinchi sabab - bu yuqori tezlikka motorning ortiqcha kuch bilan aylanishisiz ham erishish mumkin bo‘ladi. 

Ikki bosqichli uzatmalar qutisiga o‘tish bilan bog‘liq muammo shundaki, elektr motor ishlab chiqarayotgan yuqori aylanish lahzasini boshqarish texnik tomondan biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay, hozirda ba’zi ishlab chiqaruvchilar elektromobillar uchun ikki bosqichli uzatmalar qutilarini ishlab chiqarmoqdalar.

O‘QING: Samsung'ning 2022 yildagi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz gadjetlari