“Neyro-M” garniturasi nigoh bilan kompyuterni boshqarishga yordam beradi

“Neyro-M” garniturasi nigoh bilan kompyuterni boshqarishga yordam beradi

Rossiyaning “Ob’yedinyonnaya priborostroitelnaya korporatsiya” nomli kompaniyasi turli elektron qurilmalarni nigoh bilan boshqarish imkoniyatini beradigan garnitura prototipini namoyish qildi, deb xabar bermoqda 3D News sayti.

Ishlanma “Neyro-M” deb nomlangan, u to‘ldirilgan reallik funksiyasi bilan jihozlangan displey va foydalanuvchining nigohi qaysi yo‘nalishga qaratilayotganini aniqlaydigan tizim o‘rnatilgan. Gadjet kundalik hayotda odamning turli gadjetlar: kompyuter, smartfon va boshqa elektron maishiy jihozlardan foydalanishini osonlashtirish maqsadida yaratilgan.

Nigohni aniqlashga tizimda ko‘zda tutilgan ikkita kamera yordam beradi. Kameralar bir soniyada 200 tagacha ko‘z harakatini kuzatish qobiliyatiga ega. Neyrointerfeys esa foydalanuvchining elektroensefalogrammasini tahlil qiladi va elektron jihozlarni boshqarishga ko‘maklashadi.

Garnitura, ayniqsa, jismoniy nuqsonlari mavjud odamlarga yaxshi yordamchi bo‘lishi shubhasiz. Nigoh bilan boshqarish imkoniyati bunday holatda klaviatura va sichqoncha o‘rnini bosishi mumkin.

Hozirda garnitura sinov bosqichidan o‘tmoqda. Qachon sotuvga chiqarilishi noma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!