New York Times iPhone 8'ning narxiga oydinlik kiritdi

New York Times iPhone 8'ning narxiga oydinlik kiritdi

Jahonning 1-raqamli smartfoni bo‘lishi kutilayotgan iPhone 8 taqdimoti yaqinlashgani sayin u to‘g‘ridagi xabar va tasdiqlanmagan ma’lumotlar ko‘lami oshib bormoqda.

23 avgust kuni jahonning nufuzli ro‘znomalaridan biri bo‘lgan New York Times yangi avlod ayfonining narxlarini rasman e’lon qildi. Gazetaga yaqin, ishonchli  manbaaning guvohlik berishicha, iPhone 8 AQShda 999 dollardan boshlab sotuvga chiqariladi.

Yangi iPhone smartfonining tezkor xotirasi 4, doimiy xotirasi 64 Gb, 256 Gb yoki 512 Gb bo‘ladi. $999 dollar esa eng kenja model uchun so‘ralmoqda. Bir tomondan bu kutilmagan narx emas. Bir muddat avval insayderlar ilg‘or flagmanning 1000 dollardan sotilishini aytishgan edi.

Hozircha, bular norasmiy ma’lumotlar, biroq haqiqatga yaqin. Smartfonlarning yildan-yilga qimmatalshib borayotgani -- haqiqat. Misol uchun, kechagina AQShda taqdim qilingan Samsung Galaxy Note 8 ham Amerikada 929 dollardan sotuvga chiqarilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!