Nihoyat, Apple rasman iPhone SE 2 va boshqa gadjetlar taqdimotiga taklifnoma tarqatdi!

  •   DiMaX
  •  1405
  •  23.05.2018 10:30

Nihoyat, Apple rasman iPhone SE 2 va boshqa gadjetlar taqdimotiga taklifnoma tarqatdi!

Joriy yilda kupertinolik gigantdan muxlislar ko‘p narsa kutishyapti va ularning ayrimlari WWDC 2018 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi. Bir necha soat avval Apple ushbu anjuman uchun rasman taqdimnoma tarqatdi.

O‘QING: iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!

Mazkur tadbir joriy yilning 4–10 iyun kunlari, Kaliforniya shtatining San-Xose shahridagi McEnery anjumanlar markazida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konferensiya doirasida quyidagi operatsion tizimlarning yangilangan talqinlari taqdim etilishi kutilayotir: iOS 12, macOS 10.14, watchOS 5 hamda tvOS 12.

Dasturiy ta’minot mahsulotlari namoyishidan tashqari, WWDC 2018 anjumanida kupertinolik texnogigant bir qator qurilmalar ham taqdim etishi kutilmoqda. Bular qatoriga, jumladan, Retina displeyli MacBook Air hamda ikkinchi avlod iPhone SE ham kiradi.

Shu paytgacha iPhone SE 2 xususida ko‘plab turli ma’lumotlar, suratlar va videolar tarqalgan bo‘lsa-da, Apple ulardan birortasining to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan emas. Ehtimol, taqdimotigacha bu ixcham zamonaviy smartfon haqida ishonchli ma’lumotlar chiqib qolar – bularni biz bilan birga kuzating.

Ungacha esa, shu paytgacha bozorga chiqarilgan ayfonlarning yurtimizdagi narxlari bilan tanishish imkoni bor.

O‘QING: Toshkentda iPhone narxlari (2018 yil 19 may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!