Nihoyat, Telegram o‘z kriptovalyutasi haqida rasman izoh berdi – TON va Gram bilan batafsil tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2462
  •  03.02.2020 11:26

Nihoyat, Telegram o‘z kriptovalyutasi haqida rasman izoh berdi – TON va Gram bilan batafsil tanishamiz!

Yurtimizda ommabop Telegram messenjerining blokcheyn-tizimi – TON haqidagi ilk ma’lumotlar ancha oldin paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram ushbu loyiha uchun bir necha hafta ichida investorlardan 1.7 milliard dollar sarmoya yig‘a olgandi.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Ushbu messenjer jamoasi, nihoyat, «Telegram. TON. Gram» maqolasida mazkur tizim haqida ilk bor batafsil ma’lumot berdi; Telegram O‘zbekiston esa uni o‘zbekchaga o‘girib e’lon qildi.

Ehtimol, siz 2017 yildan beri Telegram jamoasi TON Blockchain deb nomlangan yangi blokcheyn-platformasini va Grams deb nomlangan o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqayotganidan xabardorsiz. Ushbu loyiha natijasida Grams an’anaviy valyutalarga munosib qo‘shimcha bo‘ladi hamda dunyo bo‘ylab kundalik tijorat muolajalarining tezligi, samaradorligi va xavfsizligini oshiradi, deb umid qilamiz. Biz TON Blockchain texnologiyasi barqaror ekotizimni yaratishiga va oldingi platformalarga nisbatan tezligi, ishlatilish qulayligi va kengayish qobiliyati jihatidan sezilarli darajada yaxshi bo‘lishiga ishonamiz.

OAVda ushbu loyiha tafsilotlari haqida ko‘plab chayqovchilik va mish-mishlar tarqalmoqda. Telegram ushbu mish-mishlar haqida ommaviy izoh bermaslikka harakat qilgan edi. Bu payt mobaynida biz TON Blockchain platformasini qurishda davom etmoqdamiz va TON hamda Gram’ning barcha tegishli qonunlar va hujjatlarga muvofiq ishlashini ta’minlash uchun loyihaning aniq tafsilotlarini ishlab chiqmoqdamiz.

So‘nggi voqealar asosida biz loyihani muvaffaqiyatli boshlashga tayyorgarlik ko‘rishimiz jarayonida TON va Gram’ning ba’zi jihatlarini oshkor etish uchun vaqt ajratish niyatimizni bildirmoqdamiz.

Sizga qulay bo‘lishi uchun ushbu maqola matnida paragrafning qisqacha xulosalarini kursiv shaklda kiritdik, xuddi ushbu kichik paragrafdagidek.

Gram’ni hozircha hech kim sotib ololmaydi yoki sota olmaydi

Birinchidan, ba’zi bir saytlar jamoatchilikka Gram taklif qilishini bildik. Ushbu saytlar ba’zida ushbu takliflarni "tokenlarning dastlabki sotuvi" deb atashadi va ba’zilari o‘zlarini Telegram’ga aloqador deb barchani aldab kelmoqdalar.

Biz sizni bir necha bor ogohlantirganimizdek, ushbu saytlar rasmiy Telegram saytlari EMAS, ular Telegram’ga hech qanday aloqasi YO‘Q va hozircha hech kimga HATTO BIR Gram ham berilmagan. Na Telegram, na u bilan bog‘liq kompaniya va shaxslar (maqolada qisqacha "UBKvaSh" deb o‘tamiz) biron bir ommaviy sotuvda yoki Gram’ning dastlab sotuvlarida qatnashmaydi. Aksincha, Gram’lar ishlaydigan TON blokcheyni hali ham beta-sinov bosqichida va siz beta-test veb-saytiga kirishingiz mumkin: https://test.ton.org/download.html. Gramlar faqat TON blokcheyn ishga tushirilgandan keyingina yaratiladi va sotib olinishi mumkin.

Eng muhimi qisqacha: Gramlar hali mavjud emas, biz TON blokcheyn ishga tushirilishini e’lon qilishimizdan oldin hech kim ularni sotib ololmaydi yoki sota olmaydi. Aldanmang.

TON markazlashtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Ikkinchidan, agar siz TON Blockchain platformasi ishga tushirilganidan so‘ng Gram’ni sotib olish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, siz ba’zi narsalarni bilishingizni xohlaymiz. Telegram va UBKvaSh, TON Blockchain platformasi ishga tushirilgandan keyin qilingan har qanday hissa singari, TON blokcheyni uchun biron-bir dastur yoki imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun javobgar bo‘lmaydi. Aslida, Telegram buni hech qachon qilmasligi ham mumkin.

Aksincha, bu Telegram’ning maqsadi va uchinchi tomon dasturchilari va boshqa foydalanuvchilarning markazlashtirilmagan birlashmasi TON ekotizimiga ilova va smart-shartnomalar tuzish orqali hissa qo‘shishiga umididir. TON blokcheynidagi bunday ilovalarni yoki smart-shartnomalarni qabul qilish va amalga oshirish uchun ular tanlagan shaklda faqat uchinchi shaxslar va jamiyat javobgardir.

Telegram hech kim istagan vaqtda yoki umuman olganda bunday imkoniyatlarni qabul qilish yoki amalga oshirish yoki bunday xizmatlarni taqdim etish kafolatini bermaydi va kafolat bera olmaydi.

Eng muhimi qisqacha: Biz hamma uchun markazlashtirilmagan platformani yaratmoqdamiz. Uni ishga tushirgandan so‘ng, Telegram ushbu platformani qo‘llab-quvvatlashi yoki unga biron-bir ilova yaratishi shart emas. Ehtimol, biz hech qachon bunday qilmasmiz.

Telegram TON’ni nazorat qila olmaydi

TON blokcheyn kodi har doim ochiq va ommaga taqdim etilgan bo‘ladi. U ishga tushirilgandan so‘ng, Telegram TON Blockchain’ga nisbatan boshqa tomonlar qatori bir xil pozisiyani egallaydi hamda hech qanday boshqaruvga va ichkarida hech qanday noyob huquqlarga ega emas va TON blokcheynni boshqarish uchun javobgar bo‘lmaydi.

Telegram yoki uning xodimlari TON blokcheyni ishga tushirilgandan keyin biron bir Gram’ni ushlab turishlari mumkin, ammo bu shart emas aslo. Ular buni amalga oshiradigan darajada, ular TON Blockchain aloqasida ovoz bermaydilar yoki tasdiqlashda ishtirok etmaydilar. Ushbu ixtiyoriy qaror Telegram yoki uning xodimlari TON blokcheyni ishga tushirilgandan keyin uni nazorat qilishi yoki qilishi mumkinligi haqidagi har qanday fikr tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilindi.

Eng muhimi qisqacha: Telegram blokcheyn va ekotizimni ishga tushirgandan so‘ng uni boshqara olmaydi. Xuddi osmono‘par binoni yaratgan me’mor, u qurilish tugagandan so‘ng nima sodir bo‘lishini, shu jumladan uning atrofida, ichkarisida yoki uning tepasida qurilayotgan narsalarni nazorat qila olmasligi singari.

Gramlar sizni boy qilmaydi

Uchinchidan, siz Gram’larni sotib olganingiz yoki egaligingizdan kelib chiqqan holda biron bir daromadga umid qilmasligingiz kerak va Telegram sizga biron-bir foyda olishingizga va’da bermaydi. Gram’lar TON ekotizimidagi foydalanuvchilar o‘rtasida almashish vositasi sifatida xizmat qilish uchun yaratilgan. Gram’lar sarmoyaviy mahsulot emas va Gram’larni sotib olish, sotish yoki egalik qilishdan kelajakda foyda kutmaslik kerak.

Gram’lar sizga:

  • Telegram’da yoki UBKvaSh’larda har qanday aksiyalar yoki ishtirokchi hissa manfaatlarni bermaydi.
  • Telegram yoki UBKvaSh’lardan har qanday dividendlarga bo‘lgan huquqlar yoki ularni tarqatish uchun boshqa huquqlarni bermaydi.
  • Telegram yoki UBKvaSh’larda har qanday boshqaruv huquqlarini bermaydi.

Eng muhimi qisqacha: Agar kelajakda Gram’larni xarid qilsangiz, bu sizning "Telegram’ning bir qismiga egalik qilishingiz"ni anglatmaydi. Gram’lar o‘z egalariga hech qanday maxsus huquqlarni bermaydi, xuddi yevroga ega bo‘lish sizga Yevropa Ittifoqidagi aksiya, ulushlarni bermasligi kabi.

Gram’larni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganingizda, vaqt o‘tishi bilan Gram’larning narxlari tushib ketishi yoki hatto ularning barcha pul qiymatlari yo‘qolishi xavfi borligini anglashingiz kerak. Gram kabi kriptovalyuta sotib olish bilan bog‘liq bir qator xavflar, jumladan, kriptovalyuta bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik, kriptovalyuta birjalarida tartibga solish kuchaytirilishi imkoniyati va boshqa xatarlar mavjud.

Eng muhimi qisqacha: Kriptovalyuta bilan ishlash xavfli va aslida sizni ko‘plab tashqi omillar tufayli kambag‘alroq qilishi mumkin.

Agar siz allaqachon TON haqida eshitgan bo‘lsangiz...

Va nihoyat, biz TON blokcheynining ba’zi texnik va boshqaruv jihatlariga aniqlik kiritmoqchimiz. E’tibor bering, quyidagi ma’lumotlar barcha to‘qnashuvlar yoki potensial to‘qnashuvlar yuz berganda TON Blockchain va Gram’larga oid barcha materiallar yoki xabarlarni, shu jumladan TON texnik hujjatlarida yoki Telegram’ning avvalgi xabarlari yoki materiallarida yoki boshqa joylarda keltirilgan ma’lumotlar va tafsilotlarni o‘zi bilan almashtirish uchun mo‘ljallangan:

(1) Telegram kelajakda TON Foundation yoki shunga o‘xshash tashkilotni tuzishga hech qanday majburiyat olmaydi va hech va’da bermaydi.

(2) TON Blockchain’ning ishga tushirilishi mo‘ljallangan paytida Telegram’dan TON Wallet ilovasi faqat mustaqil ravishda taqdim etilishi va Telegram Messenger ilovasi bilan birlashtirilmasligi kutilmoqda. Shu munosabat bilan, TON Wallet uchinchi shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan va taklif qilingan boshqa hamyon-ilovalar bilan raqobatlashishi kutilmoqda. Telegram kelajakda TON Wallet dasturini Telegram Messenger’ga amaldagi qonunlar va davlat idoralari tomonidan ruxsat etilgan darajada birlashtirishi mumkin.

Telegram TON Blockchain yoki Gram’larning shu yoki boshqa jihatlarini qo‘shimcha qilish, aniqlashtirish yoki qayta ko‘rib chiqish uchun barcha huquqlarni o‘zida saqlab qoladi. TON blokcheynining kutilayotgan boshlanishiga yaqinlashgan sari biz ko‘proq ma’lumot berishga umid qilamiz.

2020 yil 6 yanvar

Telegram jamoasi

Ushbu xabar kelajakka oid bayonotlarni, shu jumladan rejalar, maqsadlar, kutishlar, rivojlanish holati va niyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Har qanday omillar haqiqiy natijalar kelajakka oid har qanday bayonotda, shu jumladan ushbu hujjatda ko‘rsatilgan xavflar bilan cheklanmagan holda, ko‘zda tutilganidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, deyiladi Telegram rasmiy maqolasida.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!