Nihoyat, Toshkent metrosida bepul Wi-Fi bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2183
  •  16.07.2018 10:47

Nihoyat, Toshkent metrosida bepul Wi-Fi bo‘ladi!

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt metropolitenida bepul Wi-Fi tarmog‘i tashkil etish loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Podrobno.uz nashriga tayanib Carzone xabar bermoqda.

O‘QING: Toshkent avtobuslarida bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, o‘tgan shanba – 14 iyul kuni Toshkent shahri hokimiyatida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Jahongir Ortiqxo‘jayev bir qancha loyihalarni, jumladan, Farg‘ona yo‘li loyihasini ham ko‘rib chiqdi. Taqdim etilgan loyihalarning aksariyati hokim tomonidan ma’qullandi. Ular orasida metroda bepul Wi-Fi tashkil etish va sayrbop ko‘chalar qurish loyihalari bor.

Avvalroq Beeline aloqa operatori metroda Wi-Fi tashkil etish loyihasini amalga oshirishga tayyorligini ko‘p marta bildirgan edi.

O‘QING: Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!