Nike va Apple’dan innovatsion “smart-voch”ni qarshi oling

Nike va Apple’dan innovatsion “smart-voch”ni qarshi oling

Apple va Nike kompaniyalari hamkorlikda Apple Watch “aqlli soat” kolleksiyasini yangi Apple Watch NikeLab nomli oq-qora rangli tasvir namoyish qiluvchi model bilan to‘ldirishdi. Qurilma cheklangan tirajda oq-qora uslubda, NikeLab Innovation x Innovators logotipi tushirilgan dizaynda tayyorlanadi.

Apple Watch NikeLab – yugurish va jismoniy mashqni yaxshi ko‘radiganlar uchun noyob hamroh. Undan professional va havaskor sportchilar ham foydalanishlari mumkin. NikeLab — hamkorlikda ishlab chiqarilgan yangi innovatsion platformaning nomi.

Nike + Run Club ilovasini qo‘llab-quvvatlaydigan soatdan Siri’ga eksklyuziv ovozli topshiriqlar ham berish mumkin. Unda GPS navigatsiya tizimi, yorqin displey hamda suv o‘tkazmaydigan korpus mavjud. Soat 50 metr chuqurlikdagi suvli sharoitda ham ishlay oladi. Smart-vochga 2 yadroli S2 protsessori va watchOS 3 operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Smart-soat “kosmik-kulrang”, ya’ni “Olma” smartfonlari foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashgan rangdagi korpus talqinida ishlab chiqariladi. Band rangi — oq-qora. Smart-soatning orqa tomoniga Nike ramzi tushirilgan.

Yangi soatni 27 apreldan Nike.com saytida, shuningdek NikeLab va Apple firma do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi. 38 mm.li model $370, 42 mm.li talqin — $400 dollardan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!