Nohalol kurash: Microsoft ochiqchasiga Google Chrome’ga qarshi chiqa boshladi

  •   DiMaX
  •  790
  •  14.09.2018 15:07

Nohalol kurash: Microsoft ochiqchasiga Google Chrome’ga qarshi chiqa boshladi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimiga kutilmagan bitta yangilik kiritdi. Endi foydalanuvchi kompyuteriga Google Chrome brauzerini o‘rnatishga harakat qilsa, tizim uni bu fikridan qaytarishga urinadi.

O‘QING: Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Ya’ni, ekranga quyidagi mazmunda yozuvli xabar oynasi chiqadi:

«Qurilmangizga allaqachon Windows 10 uchun ancha xavfsiz va tezkor veb-brauzer – Microsoft Edge o‘rnatilgan»

Ko‘rib turganingizdek, bunda tizim Google Chrome’ni o‘rnatish o‘rniga Edge brauzerini ochishni taklif etyapti. Ammo oynada yorqin rangdagi «Microsoft Edge’ni ochish» tugmachasidan tashqari «O‘rnatishda davom etish» yozuvli kul rang tugmacha ham mavjud. Shuni bosgancha Google Chrome brauzerini o‘rnatib, bemalol foydalanaverish ham mumkin. Lekin ko‘pchilik buni Microsoft’ga yarashmaydigan nohalol kurash usuli, deya qabul qilmoqda.

Xo‘sh, bu vaziyatda siz qaysi tugmachani bosgan bo‘lardingiz?

O‘QING: Google Chrome’ni 10 karra tezroq ishlashga majbur qilamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.