Nokia 150 HMD Global ishlab chiqargan ilk telefonga aylandi

Nokia 150 HMD Global ishlab chiqargan ilk telefonga aylandi

Bundan bir necha kun avval saytimizda 2017 yilda Nokia brendi yana smartfonlar bozoriga qaytishi rasman taqdiqlangani to‘g‘risida  xabar yozgan edik Afsonaviy markaning yangi smartfonlari fevral oyida Barselonada o‘tkaziladigan MWC ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin.

Biroq Nokia brendi ostidagi mobil qurilmalarni ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan HMD Global kompaniyasi ushbu ko‘rgazmani kutib o‘tirmay o‘zining mazkur marka ostidagi ilk telefonini omma e’tiboriga havola etdi, deb xabar bermoqda 4PDA.  Biroq bir narsaga e’tibor berish kerak: bu model smartfon emas, balki oddiy tugmali telefondir.

Nokia 150 modelining korpusi polikarbonatdan ishlangan. Unga 2,4 dyuymli aniqligi 320x240 bo‘lgan ekran, mexanik klaviatura, VGA-kamera, svetodiodli chaqnoq va multimedia karnayi o‘rnatilgan. Akkumulyatorining sig‘imi – 1020 mA/soat. Nokia Series 30+ dasturida ishlaydi.

Model bir va ikkita SIM-kartali versiyalarda sotiladi, narxi 26 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!