Nokia 2 -- brendning eng arzon smartfoni uning eng katta xatosi bo‘lishi mumkin

Nokia 2 -- brendning eng arzon smartfoni uning eng katta xatosi bo‘lishi mumkin

Taniqli WinFuture portalining amerikalik B&H Photo Video riteyleriga asoslanib yozishicha, Nokia 2 telefonlar turkumini yangi gadjetlar bilan yangilagan afsonaviy brendning eng arzon gadjeti bo‘ladi.

Jihatlari va narxi

Boshlang‘ich darajali Nokia 2 devaysi texnik jihatdan ham kamtarin: 4.7 dyuymli HD-displey, bir kristalli Snapdragon 212 protsessori, 1 Gb operativ xotira, 8 Gb ichki xotira va 4000 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Smartfon Android 7.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Amerikaning B&H Photo Video internet-do‘koni allaqachon Nokia 2 mahsuloti uchun buyurtma qabul qilish sahifasini e’lon qilgan. Unga ko‘ra 2 ta SIM-kartali smartfon 99 dollarga baholangan. Ammo, bu sahifa ko‘p o‘tmasdan g‘oyib bo‘lgan. Shubha yo‘qki, bu -- tobora ommalashib borayotgan yangicha marketing "hiylasi". Va, jihatlarga ko‘ra, narxning haqiqatga yaqinligi ham ko‘rinib turibdi.

Narx o‘zini oqlaydimi?

Ochig‘ini aytganda, 100 dollarga hozir Xitoy bozoridan 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy xotiraga ega, shuningdek nisbatan ilg‘or kamera va chip bilan ta’minlangan smartfon xarid qilish mumkin. HMD Global shuni hisobga olmagani uchun Nokia 2 uning xatosi bo‘lishi mumkin.

HMD Global kompaniyasiga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi kompaniya vakiliga ko‘ra, Nokia bu yil boshqa smartfon taqdim qilmaydi. Insayderlarning yozishlaricha, Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari 2018 yilning boshida namoyish etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!