Nokia 3 & Xiaomi Redmi Note 4: hamyonboplikda birinchilik uchun jang

Nokia 3 & Xiaomi Redmi Note 4: hamyonboplikda birinchilik uchun jang

 

Nokia kompaniyasi 2017 yilning fevralida o‘tkazilgan MWC 2017 anjumanida Nokia 3, Nokia 5 va Nokia 6 smartfonlarini taqdim qilgan edi. O‘tayotgan oyda bu telefonlar jahon bozoriga chiqarildi. Nokia 3’ning jihatlari va narxiga ko‘ra, hamyonbop smartfonlar bozoridagi narx-navoni ijobiy tomonga o‘zgartirishi taxmin qilinmoqda.

Nokia 3 dizayni bizga hashamdor smartfonlarni eslatadi. Shuningdek, uning imkoniyatlari ham diqqatga sazovor. Taniqli brendga Android atalmish ommabop operatsion tizimning omixta qilingani uning ommalashuviga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Jahon smartfon bozorida bugungi kunga qadar hamyonbop va yaxshi smartfon desa 150 AQSh dollari turadigan Xiaomi Redmi Note 4 e’tirof etib kelinayotgan edi. Ekspertlarning fikricha, deyarli shu narxda sotuvga chiqarilgan Nokia 3 smartfoni  Redmi Note 4’ning bu nufuziga ta’sir qiladi va uni “arzon va yaxshi smartfon” nomidan mahrum qilishga qodir.

Biz Nokia 3 hamda Xiaomi Redmi Note 4’ga yaqinroqdan nazar solish orqali o‘quvchilarimizga qaysi gadjetni tanlash maqsadga muvofiqligini aniqlashga yordam berishga qaror qildik.

Hamyonbop smartfon ham jozibador dizaynda bo‘lishi mumkin 

   

HMD Global kompaniyasi 5 dyuymli Nokia 3 misolida smartfon bozoriga taassurotli dizayndagi telefonni sotuvga chiqardi. U ko‘rinishidan Nokia Lumia smartfonlarining zamonaviylashtirilgan dizayn falsafasini eslatadi. Smartfon korpusi polikarbonat panel va alyuminiy rom uyg‘unligida ishlangan. Uning ekrani Corning Gorilla Glass himoya shishasiga ega. Bu shishaning turi ma’lum qilinmagan.

Xiaomi Redmi Note 4

Biroq, 5,5 dyumli Xiaomi Redmi Note 4 ham undan qolishmaydi. Jumladan, Redmi Note 4 to‘liq alyuminiy korpusga ega ilk hamyonbop smartfon bo‘lgan va hanuz shunday. Ayniqsa, arzon gadjtening 2.5D effektidagi himoya shishasi bilan qoplangani ko‘pchilik xaridorlarning diqqatini tortgan.

Dizayn borasida Redmi 4 to‘liq metall korpusi bilan ustun kelsa,  Nokia 3 klassik “Lumia” smartfonlariga xosligi bilan o‘ziga xos.

Platforma samaradorligi va muhim jihatlari

Xiaomi Redmi Note 4

Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni 5.5 dyuymli, sig‘imi Full HD (1080p, IPS LCD) displey, talqiniga ko‘ra, 2/3/4 gigabaytli tezkor va 32/64 gigabaytli doimiy xotira, 4,1000 mA soat elektr toki sig‘imili akkumulyator bilan ta’minlangan. Smartfonda Snapdragon 625 protsessori va Adreno 506 video kartasi o‘rnatilgan.

Картинки по запросу Nokia 3 vs Xiaomi Redmi Note 4

Nokia 3 smartfonida 5 dyuymli HD (720p) displey, 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy xotira, 2,650 mA soat sig‘imli akkumulyator, MediaTek MT6737 protsessori va Mali T720 video kartasi o‘rnatilgan.

Redmi Note 4’ning 2 GB tezkor (32 GB doimiy) xotirali talqini jahon bozorida 150 dollar tursa, 2 GB tezkor (16 Gb doimiy) xotiraga ega Nokia 3 147 AQSh dollari turadi.

Platforma samaradorligi va muhim jihatlari borasida Redmi Note 4’ning Nokia 3’dan to‘liq ustunligini tan olish kerak.

Android operatsion tizimi

Jang hali tugagani yo‘q, xulosa chiqarishga shoshmang. Nokia 3’ning kuchli bir jihati borki, u aynan shu bilan raqibini yer tishlatishi mumkin. Hamyonbop smartfonlar bozorida bu jihatga boshqa biror telefon, jumladan Xiaomi Redmi Note 4 ham ega emas.

Bu – muntazam yangilanib turadigan Android operatsion tizimi. Nokia 3 doimiy ravishda zamonaviy dastur va funksiyalarga ega bo‘lib, foydalanuvchi uchun imkoniyatlarni kengaytirib boraveradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Redmi Note 4 esa yangilanishlarni xush ko‘rmaydiganlar, smartfon desa, o‘yin o‘ynashdan nariga o‘tmaydiganlar uchun. Redmi Note 4 hamnuz 2016 yilning Android Marshmallow operatsion tizimida yuribdi (yaqin kunlarda Nougat’ga yangilanishi xususida yangilik bor). Raqibi esa qadoqdayoq Android 7.0 tizimiga ega.

HMD Global kompaniyasi bundan keyin Nokia 3, Nokia 5 va Nokia 6’ni uzluksiz ravishda Android’ning so‘nggi yangilanishlari bilan ta’minlab borishga rasman va’da bergan. Jumladan, shu kunlarda Nokia 3’ning eng ilg‘or “Android O” operatsion tizimiga moslashtirilayotgani ma’lum qilingan.

 

Kameralar jangi

Xiaomi Redmi Note 4 smartfonida 13 megapikselli bosh kamera o‘rnatilgan. Unga f/2.0 standartidagi yorug‘likni qamrab oluvchi optik pribor o‘rnatilgan. Bosh kamera fazali avtofokus hamda 2 tusli fotochaqnoqqa ega bo‘lgan. Shuningdek, hamyonbop devays 5 megapikselli old kameraga ega.

Nokia 3 esa 8 megapikselli bosh kamera bilan ta’minlangan. Uning aperturasi ham f/2.0 standartida. Bosh kamera LED fotochaqnog‘i bilan ta’minlangan. Gadjetning old kamerasi uchun ham 8 MP sig‘imli sensor tanlangan.

Ekspertlarning fikricha, Nokia 3 suratkashlikda raqibini yer tishlatasa tishlatadiki, lekin undan qolishmaydi.

Garchi, Nokia 3’ning 8 MP osh kamerasi  Redmi 4’ning 13 megapikselli datchigi bilan jangda durangni qayd qilsa ham, Nokia 3’ning old kamerasi Redmi 4’ni uyaltirishi mumkin.

Yana bir muhim jihat

Xiaomi Redmi Note 4 – shu kunga qadar yulduzga aylangan mashhur smartfon. Biroq, uni xarid qilish oson emas. Boisi, Xiaomi kompaniyasi shu kunga qadar smartfon savdosini onlayn yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya do‘konlari hamma joyda ham mavjud emas. Savdogarlar esa uning ustiga salmoqli hissalarini qo‘shib sotadilar. Nokia 3 esa ochiq bozorda ommalashgan. Boisi, kompaniyaning hamma joyda yetkazib beruvchilari va do‘konlari bor. Bu esa arzon gadjetni muammosiz xarid qilish imkonini beradi.

Xulosa

Nokia 3 ham, Xiaomi Redmi Note 4 ham yutuq va kamchiliklardan xoli bo‘lmagan, hamyonbop smartfonlar orasida hurmatga loyiq gadjetlar. Ularning har biri o‘ziga xos auditoriyani mo‘ljalga oladi – Redmi Note 4 yaxshi kamera, sifatli displey va sig‘imdor akkumulyatorni xush ko‘ruvchi kinomanlar uchun bo‘lsa, Nokia 3 zamonaviy funksiya va dasturlardan o‘z vaqtida bahramand bo‘lishni istaydigan odamlar uchun. Qolaversa, “Nokia” brendiga sodiqlar – bu brendning katta auditoriyasidir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!