Nokia 3310 3G'ga buyurtma olish boshlandi

Nokia 3310 3G'ga buyurtma olish boshlandi

Nokia 3310 3G modeli uchun AQSh, Avstraliya va Yevropada oldindan buyurtma olish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Germaniyada Nokia 3310 3G 30 noyabrdan 81 AQSh dollaridan sotila boshlaydi.

Nokia 3310 3G uchun ishlab chiqarilgan «Feature OS» operatsion tizimi undan 3G tarmog‘ida ba’zi ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan foydalanish imkonini beradi. Uning 2 ta sim-kartali talqini ham ishlab chiqarilgan.

Telefonda 2,4 dyuymli QVGA displey va 1200 mA soat tok sig‘imli batareya mavjud. Suhbat rejimida maksimal holatda bu quvvat telefonga 6,5 soatga yetadi. Kutish rejimida esa telefonni bir marta quvvatlab, 27 kun (2 ta sim-kartalisi 24 kun) ishlashi mumkin.

Nokia 3310 3G'ga 2 megapikselli, LED fotochaqnoqli kamera o‘rnatilgan. Korpusda 32 gigabaytli MicroSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi mavjud.

Telefonda 3,5 millimetrli naushnik porti, FM-radio va MP3-pleyer bor.

Nokia 3310 3G'ning og‘irligi sim-kartaning soniga qarab 84,9 yoki 88,2 grammni tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!