Nokia – 3310 Finlyandiya milliy smayligi

Nokia – 3310 Finlyandiya milliy smayligi

Finlyandiya dunyoda birinchi bo‘lib milliy Emoji smayliklari to‘plamini chiqarmoqda. Bu smayliklarda finlarning iftixorlari, fe’l-tabiati aks etadi. Bu Emojilarning birinchisi dunyoga mashhur Nokia 3310 telefonidir. Yaqindagina mobil telefonlar bozorida eng ilg‘ori bo‘lgan Nokia fin kompaniyasi hozir ham mamlakatdagi texnologik gigantlardan biri sanaladi, Nokia 3310 esa ularning salkam ramziga aylanib ulgurdi.

Mamlakatga bog‘liq Emoji smayligi yangi yil taqvimi formatida ko‘rinish beradi, u fin an’analariga monand tarzda ishlangan. Taqvim Emoji bilan 30 stikerni o‘z ichiga olgan, hozircha 3tasi ommaga ko‘rsatildi. Bu fin hammomi, pishiq va sinmaydigan Nokia 3310 hamda xevi-metal ishqibozi.

Har bir smaylikning qisqacha ta’rifi keltirilgan. Masalan, Nokia 3310 sinmaydigan va  hamisha bozori chaqqon telefonlardan biri, deya ta’riflangan. Ushbu telefonning vatani Finlyandiya bo‘lib, haqiqatan ham, pishiq-puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi.

Finlyandiyaning milliy Emojilari aks etgan taqvim 13 tilda nashr etiladi, bular yapon, arab, koreys, hind, polyak, turk va boshqa tillardir. Taqvim 1 dekabrdan boshlab xmas.finland.fi sayti va ijtimoiy tarmoqda thisisFINLAND akkauntiga chiqadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!