Nokia 5.1 Plus: «toza» Android’li arzon smartfon taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1231
  •  26.09.2018 12:19

Nokia 5.1 Plus: «toza» Android’li arzon smartfon taqdim etildi! (+video)

HMD Global kompaniyasi Nokia brendiga egalik qilayotgani va shu nom ostida bir necha rusumlarda mobil telefonlar chiqarganidan xabaringiz bor. Xususan, uning Google bilan hamkorligi ularning har ikkalasidan tashqari, iste’molchilar uchun ham qo‘l kelmoqda.

O‘QING: Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Mazkur hamkorlik natijasi o‘laroq, Android One dasturi doirasida yana bitta hamyonbop smartfon taqdim etildi. Nokia 5.1 Plus modelidagi bu devays tizim hamda xavfsizlik yangilanishlarini ko‘plab raqobatchilaridan avval olib turadi.

Nokia 5.1 Plus korpusi shisha va metalldan ishlangan, orqa panelida barmoq izi skaneri joylangan. Smartfon diagonaliga 5,8 dyuymlik ekranga ega, «kemtik»li displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida.

O‘zi arzon modellar qatoriga kirsa-da, Nokia 5.1 Plus qo‘shaloq kamera bilan qurollangan, ular 13 va 5 megapikselli ob’yektivlardir. Old kamera ham chakki emas – 8 megapikselli sensorga ega.

O‘QING: HMD Global Nokia smartfonlaridagi kameralarning standart ilovalarini yangiladi

Ushbu smartfonning «ichki dunyosi»ga keladigan bo‘lsak, uning «elektron yuragi» MediaTek Helio P60 protsessori hisoblanadi. Ishlash samaradorligini ta’minlashda unga 3 gigabaytlik tezkor xotira hamkorlik qiladi. Nokia 5.1 Plus doimiy xotirasi hajmi 32 gigabaytga teng; microSD-karta yordamida uni yana 400 gigabaytgacha kengaytirish imkoni bor.

Mana, quyida ushbu modelga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani tomosha qilamiz:

Nokia 5.1 Plus modeli uchun 199 yevro miqdorida narx belgilangan. Uning O‘zbekiston bozoriga qachon yetib kelishi hozirda noma’lum. Ammo ushbu sevimli brendning eng afsonaviy telefoni yangilangan variantda – Nokia 3310 (2017) modeli tarzida chiqqan va u Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda.

O‘QING: Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.