Nokia 7.1 Plus: 360-darajada videorender

  •   Saroy
  •  753
  •  22.09.2018 12:35

Nokia 7.1 Plus: 360-darajada videorender

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan yangi video  Nokia  taqdim etayotgan yangi smartfon dizayning barcha tafsilotlarini ochib beradi. Chamasi, yangi smartfon  USB Type-C porti va quloqchin uchun 3,5-mm tirqishga ega bo‘ladi. Bu yomon emas, albatta.  Va yana katta ehtimol bilan, qurilma qirqma ekran bilan ta’minlanadi. Darvoqe, u u Nokia X5 va X6 modellaridan kichikroq.

Apparatning orqa panelida asosiy kamera moduli vertikal tarzda joylashgan. Kamera ZEISS brendiga tegishli ikkita sensorga  ega. Shu yerda barmoq izlari skaneri ham joylashgan. Chamasi, Nokia ekran skaneri yaqin orada chiqadigan flagmaniga o‘tadi.

O‘QING:Tayyor turing – Nokia yangi smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

Gap so‘zlarga qaraganda,  Nokia 7.1 Plus HMD Global’ning  Snapdragon 710 chipida ishlaydigan ilk smartfoni bo‘ladi. Shuningdek, yangi qurilma   128 GB ichki xotiraga ham ega bo‘ladi, tezkor xotirasi esa  6 GB deyishmoqda. Bundan tashqari, Android One dasturi tufayli qurilmaga Android 9 Pie o‘rnatiladi.

Nokia 7.1 Plus smartfoni 4 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan tadbirda e’lon qilinadi. Shundan keyin sotuvga ham start beriladi.

O‘QING:Nokia 9 va Nokia X7 smartfonlarining old paneli tarmoqlarda ko‘rsatilmoqda