"Nokia 8" modeli flagman bo‘ladi, narxi ham shunga yarasha

Bir fursat avval insayderlar Nokia 9 hozircha kompaniyaning yagona flagmani bo‘lishini, Nokia 7 hamda 8 modellari o‘rta darajali turkumga mansub bo‘lishini ma’lum qilishgan edi.

Biroq, taniqli nemis resursi win-future tasdiqlashicha, Nokia 8 ham Snapdragon 835 platformasida faoliyat ko‘rsatuvchi "bayroqdor" smartfonlar qatoridan o‘rin egallaydi.


Geekbench benchmarkida esa bu smartfon TA-1004 indeksi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, flagman 4 gigabaytli tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga, 2 ta sim-karta uchun bo‘lmachalarga ega bo‘ladi.

Kutilishicha, Nokia 8 devaysi 5,7 dyuymli QuadHD-displey bilan ta’minlanadi. Nokia kamera va surat texnologiyasida o‘tmishdagi hamkori Carl Zeiss bilan hamkorlikni tiklaydi va Nokia 8 uchun hamkorlikda qo‘sh sensorli bosh kamera tayyorlanadi.

Nokia 8 joriy yilning 31 iyulidan sotuvga chiqarilishi mumkin. Jihatlaridan kelib chiqib, taxmin qilinsa, flagmanning eng arzon talqini 600 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!